So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  0 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  2 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  4 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8

Alisher SHog'ulomov: "Purishkindan ko'ra yoshlarga imkoniyat berishni maqul ko'rdik" Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: "Purishkindan ko'ra yoshlarga imkoniyat berishni maqul ko'rdik"

PRO liga 7-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Oq-tepa" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar klubi boshlig'i Alisher SHog'ulomov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


"Uchrashuvni ko'rib o'zlaring guvoh bo'ldinglar, og'ir o'yin o'tkazdik. To'g'risi maydon chimida ozgina muammolar bor ekan. Stadion maysasi bir oz o'sib ketgan. Bilasizmi, Samarqandga borganimizda ham stadion maysasi shunaqa edi. Eshitishim bo'yicha,  “Istiqlol” jamoasida maydon borasida muammo bor ekan. Bugungi o'yinda omad biz tomonda bo'ldi. "Istiqlol" jamoasi bir necha bor imkoniyatlardan foydalana olmadi.

Ko'rib turganingizdek, har bir uchrashuvda yoshlarga imkoniyat berishga harakat qilmoqdamiz. Masalan, "Xorazm"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda ham 4-5 nafar yoshlar klubimizda ilk o'yinini o'tkazishdi. Yaqinda klubimizga Ispaniyadan mutaxassis kelib qo'shiladi. O'ylaymanki, ushbu mutaxassis klubimiz ravnaqi yo'lida o'z hissasini qo'sha oladi.

Pavel Purishkinni nega tarkibga qo'shib olmadik? Bilasizmi, Purishkin O'zbekistonga qaytib kelganida uning jismoniy imkoniyati yaxshi emas edi. Biz uni tiklanishidan ko'ra yoshlarga imkon berish lozim deb topdik" - deydi Alisher SHog'ulomov.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика