So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  0 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Alisher SHog'ulomov: "Hakamlar xususiy klublarni "ko'mishmoqda". Bu birinchi marta emas" Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: "Hakamlar xususiy klublarni "ko'mishmoqda". Bu birinchi marta emas"

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Oq-tepa" (2:1) uchrashuvidan keyin "Oq-tepa" klubi direktori Alisher SHog'ulomov o'z fikrlarini bildirdi.




"Olimpik" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman! Yaxshi shakllangan yosh jamoa. Yaxshi murabbiy ishlamoqda. To'g'risini aytsam bu jamoaga ham muxlislik qilaman.

Lekin hakamlar haqida gapirmoqchiman, kechirib bo'lmaydigan holatlar bo'lmoqda. Yaqinda "Turon" bilan o'yindagi vaziyat takrorlanmoqda. Hakamlarga nisbatan nimadir qilishsin, natija bo'lsin! Mayli bu bahona emas, o'zimizni xatolar tufayli gollar o'tkazdik. Kimdir ularga nimadir deyish kerak. Hakamlar xohlagan ishini qilmoqda... O'tgan turda ham "Buxoro" bilan bahsda raqib futbolchisi tirsagi bilan bizning o'yinchiga zarba bermoqda, hakam buni ko'rmayapti. Bu toza penalti edi... Mayli ishlashda davom etamiz va xatolarni to'g'rilashda davom etamiz. Mana shunday o'yinlar ko'paygani yaxshi, stadion zo'r, muhit zo'r, futbol o'ynash kerak xolos", - deb gap boshladi Alisher SHog'ulomov.

- Jamoa yaxshi hujum qilmoqda, ammo nimadir etishmayapti...

- Hujumlarni yakunlashda kamchiliklarimiz bor to'g'ri. Buning ustida ishlaymiz.

- Tarkibga o'zingiz istagan barcha futbolchilarni jalb qila oldingizmi?

- O'zimizni chaqirgan futbolchilarni jalb qila olmadik. Bizda "Neftchi" yoki "Buxoro"dek moliyaviy imkoniyatimiz zo'r emas. Ko'p futbolchilar kelishmadi. Legionerlarni qo'shib oldik, braziliyalik, kolumbiyalik futbolchilar. Ular hali maksimal formaga kirishmagan, mashg'ulotlarda ishlashadi va jamoaga qo'shilib ketishadi.

- Hakamlarga etirozingiz aynan qaysi vaziyatlar uchun?

- Birinchi taymda jarima to'pini amalga oshirganimizda menimcha gol bo'lgandi, yana bir vaziyatda raqib futbolchisining qo'liga to'p tegdi, hakam penalti qo'ymadi. 3-4ta vaziyatda o'yindan tashqari holatni noto'g'ri aniqlashdi. Hakamlar jonga tegishdi. O'tgan o'yinda ham shunday vaziyatlar bo'ldi. Xususiy klublarni hakamlar "ko'mishmoqda". Bu birinchi marta emas. Balki hakamlarga xususiy klublar yoqmas, bilmadim", - deydi Alisher SHog'ulomov.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика