Alisher Samatov: "Birinchi o'yin bo'lgani uchun hayajonlandik shekilli"
06 mar 2016 10:40
Yangiliklar
Alisher Samatov: "Birinchi o'yin bo'lgani uchun hayajonlandik shekilli"
"Bunyodkor" - "Neftchi" (2:0) o'yinidan keyin mehmonlar himoyachisi Alisher Samatov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun dastlabki rasmiy uchrashuvni o'tkazdik. Yigitlarda hayajon sezildi shekilli. Raqib o'yinda ustunlikka erishdi va jamoaviy o'yin ko'rsatgani uchun g'alaba qozondi".
"Navbatdagi bahsga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'rib o'z uyimizda g'alaba qozonishga urinamiz. Bugungi xatolarni ko'rib chiqamiz va ularni takrorlamaslikka harakat qilamiz".
"Bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Afsus ularni xursand qila olmadik. Keyingi bahslarda umid qilamanki g'alaba qozonamiz va muxlislarni shod qilamiz", - deydi Alisher Samatov.
Narzulla Saydullaev


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar