So’nggi yangiliklar

19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  4 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  18 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0

Alisher Nikimbaev: "Maksim SHackix bir hafta ichida Bangladesh, "Real Madrid" va BAAga qarshi maydonga tushgandi" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Maksim SHackix bir hafta ichida Bangladesh, "Real Madrid" va BAAga qarshi maydonga tushgandi"

Kecha muxlislar etiboriga havola etilgan “Tezkor Studiya”ning navbatdagi sonida Maksim SHackix va Vitaliy Denisov, Alisher Nikimbaevlar mehmon bo'lishdi.

Qiziqarli kechgan jonli efir davomida Alisher Nikimbaev 1999 yil O'zbekiston terma jamoasi va “Dinamo Kiev” orasida qiyin vaziyatga tushib qolgan SHackix haqida fikrini bildirdi.

“Adashmasam 1999 yilning oxirlari edi. O'zbekiston terma jamoasi BAAdagi Osiyo kubogiga saralash bahslarida, kievliklar esa CHempionlar Ligasida ishtirok etayotgandi. SHackix termaga ixtiyoriga etib kelgan va Bangladesh bilan o'yinda gol urgandi. Ushbu o'yindan so'ng esa darhol samolyotda Kievga uchib ketgandi. Terma jamoa azolari bilan birga CHempionlar Ligasi doirasidagi “Dinamo Kiev” - “Real Madrid” jamoalari o'rtasidagi o'yinni televizorda jonli tomosha qilgandik. Maksim o'sha o'yinda maydonga tushgan va yana Abu-Dabiga qaytib kelgandi. BAA bilan hal qiluvchi o'yinda aynan SHackix gol urgan va o'shanda biz qita kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritgandik”,- deb esladi Alisher Nikimbaev.

Malumot uchun, 1999 yil Bangladesh bilan o'yin 21 noyabrda, "Dinamo Kiev" - "Real Madrid" uchrashuvi 24 noyabr kuni Kievda bo'lib o'tgan, BAAga qarshi bahs esa 27 noyabr kuni o'tkazilgandi.


Quyida kechagi "Tezkor studiya"ni tomosha qilish mumkin: 


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика