Alisher Nikimbaev: "Jahon chempionatini olti davlatda o'tkazish hazil kabi qabul qilindi"
06 okt 2023 01:30
Yangiliklar
Alisher Nikimbaev: "Jahon chempionatini olti davlatda o'tkazish hazil kabi qabul qilindi"
- Qarorni kutilmagan deb bo'lmaydi. SHunday gaplar yurgandi, ammo bularning barchasi ko'proq hazil sifatida qabul qilingan. Ammo, FIFAning nega bunday qarorga kelgani borasidagi falsafa tushunarli. Janubiy Koreya va Yaponiyaning 2002 yili jahon chempionatini o'tkazish uchun alohida ariza berganini eslayman, bu qo'shma ariza emasdi. FIFA o'shanda biror bir davlatni tanlay olmasdi va ularga qo'shilish taklifini berdi. Yakunda bu ilk qo'shma jahon chempionati bo'ldi va muvaffaqiyatli o'tdi.
Hozir ham vaziyat o'xshash. Ikki ariza bor edi, ha ular teng emasdi, ammo FIFAda tanlov qilish qiyin. Portugaliya, Ispaniya va Marokash arizasida mamlakatlarning tayyorligi (ko'plab stadionlar, talablarga mos kelishi) keltirilgan bo'lsa, Janubiy Amerikadagi turnir ilk jahon chempionatining yuz yilligi uchun chiroyli g'oya edi. SHunday bo'ldiki, FIFA birinchi arizani tanlasa yubiley turnirni chiroyli o'tkazish imkoniyatini yo'qotardi. Janubiy amerikaliklar tanlansa muammolar, jumladan moliyaviy va stadionlarning tayyorligi borasida masalalar bo'lishi mumkin edi.
JCH-2030 o'yinlarining yakuniy taqsimlanishi Janubiy Amerika arizasidagi maummolardan dalolat beradi. FIFA Argentina, Urugvay va Paragvayga bittadan o'yin berib, "Yigitlar, ortig'iga qodir emassiz" dedi. Ha, bu chiroyli ko'rsatildi, ammo barcha hammasini tushunib turibdi. Men FIFAning qarorini qo'llab-quvvatlamayman, ammo tushunaman. Buning o'z falsafasi bor va unga rozi bo'lish kerak.
Endi esa FIFA duch kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar haqida gapirsak. Birinchidan, bu kamida uchta turli tashkiliy qo'shima (balki undan ham ko'proq). Bitta tashkiliy qo'mita Janubiy Amerikadagi o'yinlarning tashkilotchiligi uchun javob beradi, ammo baribir har bir davlatning o'z ishchi guruhi bo'ladi. Balki Janubiy Amerika tashkiliy qo'mitasi tili bir xil bo'lgani uchun Ispaniyanikiga bo'ysunar. Bu balki bitta birlik bo'lishi mumkin, ammo turli davlatlardagi bir nechta ofislar bilan.
Ikkinchidan: til to'sig'i. Ha, Janubiy Amerika mamlakatlari ispan tilida gaplashadi, bu erda Ispaniya bilan muammo yuzaga kelmaydi. Ammo, shuningdek tili o'xshash bo'lsa ham biroz boshqachachroq Portugaliya bor va francuz va arab tillaridagi Marokash ham. Hatto birgina tashkiliy qo'mitaning o'zida muammolar bo'lmasa ham qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Albatta, inglizzabon mutaxassislarni topishadi, ammo til bo'yicha baribir qandaydir daraja qiyinchiliklar bo'ladi. Aniqrog'i, ingliz, ispan, portugal, francuz va arab tillarida gapira oladigan insonlarni topish kerak.
Faqatgina bitta o'yin bo'lib o'tadigan mamlakatlar jahon chempionatining haqiqiy atmosferasini yaratishlari qiyin bo'ladi. Barchasi chiroyli bo'ladi, ammo faqatgina bitta o'yinga. Logistika bilan muammolar bo'ladi, shuningdek turnirga tayyorgarlik paytida ham, u o'tkazilayotgan paytda ham. Janubiy Amerikadagi ilk o'yinlarini o'tkazadigan jamoalar so'ngra Evropaga qaytishlari kerak. Tasavvur qiling, masalan O'zbekiston o'zining ilk o'yinini Urugvayda o'tkazdi va guruhda yana ikkita o'yin o'ynash uchun Evropaga 8-9 soat uchadi.
Bu bir ko'rinishdagi qiyinchiliklar. Odamlar qaerga tushishlari, qanday stadionlar va mehmonxonalarni ko'rishlari kerakligini bilishmaydi. Qatarda jamoalar vakillari turnirga uch yil qolganda kelishdi: 2019 yilda tekshirishdi, infrastrukturani baholashdi. Braziliya, Yaponiya va Evropaning top mamlakatlaridek professional terma jamoalar Jahon kubogi paytidagi bazani tanlash uchun saralash turniri va qura tashlash marosimini kutib o'tirishmaydi. Ular oldindan qaerda va qanday sharoitlarda yashashlarini hal qilishadi. Jamoalar hozirda katta ehtimol bilan qurani kutishlari yoki barcha olti mamlakatga borib mehmonxonalarni ko'rishlariga to'g'ri keladi. Bu ham jahon chempionatiga saralash nuqtai nazaridan jamoalar uchun muammo.
Nikolay Egorichev yozib oldi
Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar