So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Alisher Nikimbaev FIFA tashkiliy qo'mitasi va unga qanday azo bo'lish mumkinligi haqida gapirdi Yangiliklar

Alisher Nikimbaev FIFA tashkiliy qo'mitasi va unga qanday azo bo'lish mumkinligi haqida gapirdi

Saytimiz xodimlari Narzulla Saydullaev va Nikolay Egorichev Qatar futbol associaciyasi vakili, JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi azosi Alisher Nikimbaev bilan suhbat uyushtirishdi.

- Alisher aka, tashkiliy qo'mitada yana boshqa MDHlik xodimlar bormi? Insonlar u erga qanday qilib qo'shilishi mumkin?

- MDHdan juda ko'plab xodimlar bor. 100 dan ortiq kishi Rossiyadan, chunki ular mamlakatda o'tgan JCHda ancha tajriba to'plashgan va ular bu ishga ko'nikib ketishgan. Biz yaqinda aynan shu masalada hamkasblarimiz bilan hazillashgandik. SHunday departamentlar borki, u erda mahalliy insonlar ishlashi kerak, u erda rossiyaliklar yo'q. Lekin boshqa barcha bo'limlarda rossiyalik ishchilar mavjud. Juda katta guruh ish olib boradi. Media, marketing va boshqa ko'plab bo'limlarda rossiyalik hamkasblarimiz topilishadi. Ikkinchi o'rinni ozarbayjonlik fuqarolar egallaydi. Menimcha, qariyb 70 kishi. CHunki ularda Bokuda o'tgan o'yinlar misolida katta tajriba bor. 

Bir narsani alohida takidlash kerakki, FIFA tashkiliy qo'mitasi OFK tashkiliy qo'mitasidan juda katta farq qiladi. Qatar Osiyoda joylashganiga qaramasdan, osiyolik fuqarolar juda kam ishlashadi. CHunki UEFAning ish strukturasi FIFAnikiga yaqinroq. Ular jamoada ancha tez til topishib ketishadi. Boshqa MDH vakillariga to'xtaladigan bo'lsak, 2 nafar Qozog'iston, 2 nafar Turkmaniston vakili borligini bilaman.  SHuningdek, O'zbekistondan 2 kishi mavjud.

- FIFA tashkiliy qo'mitasiga qanday azo bo'lish haqida gapirib bersangiz. Bu uchun mahalliy associaciyadan tavsiya berilishi kerakmi? 

- Yo'q, unday emas. Vakansiyalar bor. SHunchaki FIFA saytiga kirib, ko'rib chiqish kerak. Umumiy 1200 nafar xodim bo'lishi ko'zda tutilgan. Hozir adashmasam, 800 kishi ishga olingan. Yana taxminan 400 kishi olinishi mumkin. Vaqt tobora kam qolayotganiga qaramasdan, imkoniyat bor. Hammasi oddiy saytga kirib, shaxs oldingi tajribasi, talim darajasidan kelib chiqib o'ziga mos poziciyani tanlashi lozim. Buni ko'rib chiqishadi va suhbat qilinadi. Tashkiliy qo'mita qaysidir tashkilotga palonchi xodimingni bizga ber, degan holatlar kuzatilmagan. 

Masalan, men Qatar futbol associatsiyasida ishlaganim, 2 marta klublar o'rtasidagi JCHda faoliyat ko'rsatganim, qo'shimchasiga FIFA xodimlari meni tanigani tufayli taklif qilishgan. Hammasi oddiy ishlaydi. Men ham ayrim hamkasblarimni tavsiya qilib ko'rganman, ammo bu erda oldingi musobaqalarda to'plangan tajriba eng muhim rolni egallaydi. Hozirgi holatda Oisyo Kubogidagi faoliyat ham FIFA darajasiga tortmaydi. Ular ko'proq UEFAdagi turnirlardagi ishtirokni inobatga olishadi. Bizda evropalik mutaxassislar ko'p – masalan, Polsha, Sloveniya, Franciya va Avstriyadan bo'lgan venyu menedjerlar. Evropa chempionatida ishlagan xodimlar JCHda ishlashmoqda. Ularning shartnomasi 31 dekabrda tugaydi va ular o'z-o'zidan Qatardan ketib, o'z davlatlariga yoki qaysidir boshqa ishga yo'l olishadi.

- Tashkiliy qo'mita azolari JCHdan so'ng boshqa musobalarda faoliyat ko'rsatishga ketishadimi?

- Katta ehtimol bilan, ha. Bir narsani tushinish kerak, oxirgi 4 ta JCHni ular rivojlangan davlatlarda o'tkazishdi. Bular – JAR-2010, Braziliya-2014, Rossiya-2018 va Qatar-2022. Ushbu mamlakatlarda ko'proq xorijlik xodimlarga tayanildi. Bu ayniqsa, Qatarda yaqqol sezildi. Menimcha, Qatardagi JCH eng ko'p millatli mundial sifatida tarixda qolsa kerak. Keyingi Jahon chempionati Kanada, AQSH va Meksikada o'tadi. AQSH va Kanada qonunchilikda migracion jihatdan juda qiyin ekanligini hamma biladi. Hatto ish tajribangiz bo'lsa ham, u erda ishlash juda qiyin bo'ladi. Bunday imkoniyat uchun qandaydir imkoni borlar, keyingi JCHda taklifni intizorlik bilan kutishadi. Tashkiliy qo'mitada yangi ish o'rinlar va vakansiyalar ham ochilishi kutilmoqda. Bu turnirga yaqin qolganda ro'y beradi. Hozir ayriml insonlar Parij Olimpiadasi tashkiliy qo'mitasida ishlash istagini bildirib, ariza topshirishgan.

Bizda o'tgan yili Tokio Olimpiadasida va Evropa chempionatida faoliyat olib borgan xodimlar ham bor. Ehtimol, ular hali Germaniyada o'tadigan navbatdagi Evrop chempionatiga ilinishi mumkin. Bu erda hammasi migracion masalalar qanchalik qiyin yoki oson kechishiga bog'liq. Masalan, mening holatimda AQSH yoki Kanadada ishlash juda mushkul.

- JCHda terma jamoalar qaydnomasidan o'rin oladigan futbolchilar soni 23 nafardan 26 nafarga oshirilgani qandaydir qiyinchiliklar tug'dirdimi?

- Bu qaror osondek tuyuladi. Bilishimcha, taklifni bergan asosiy shaxs Arsen Venger hisoblanadi. Bu mavsum o'rtasi, jarohatga moyillik, koronavirus... xullas futbolchilarni o'ylab chiqarilgan qaror. Bu hamma murabbiylarga ham yoqmadi. Ismlarni oshkor qilmaymiz, lekin ular etakchi termalar murabbiylari ekanligini ayta olaman.

Stadionlar 23 kishini o'ylab qurilgan. Hamma stadionlar kiyinish xonalari shunga moslangan. Albatta, zaxira bilan qilingan, biroq FIFA qaroridan keyin bu ham kamligi oshkor bo'ldi. FIFA boshqa daraja ekanligini hisobga olsak, stadionlar arxitektura va dizayn jihatdan original qurilishi kerak. Ayrim stadionlarda bu muammoni hal qilish oson bo'lgani yo'q.  

Xudoga shukrki, bu masala deyarli hal etildi.

Ayrim murabbiylar, jumladan, Sautgeyt baribir 23 nafar futbolchi imkoniyatidan foydalanishini takidladi. U bilan masalani muhokama qilsak, zaxirada shuncha o'yinchini nima qilaman, deb aytdi. 

Masalani echimida 3 ta narsani birlashtirish lozim, yani jarayon tez, arzon va sifatli o'tishi kerak. Bizda esa vaqt juda kam.

- Qatardagi JCHda chiptalar bilan bog'liq holatlar haqida to'xtalib o'tsangiz. Qanday qiyinchiliklar uchrashi mumkin? 

- Ikkita bosqich to'liq o'tib bo'ldi. Bular – lotereya. Ariza beriladi va insonlar bepul chiptaga ega bo'lishmaydi, balki uni xarid qilish imkoniyatini qo'lga kiritishadi. 5 iyuldan biletlarni sotib olishning asosiy bosqichi boshlandi. Kim tezroq harakat qilsa, o'sha ulgurib qoldi. 5 iyulda sotuvlar boshlan, ko'plab do'stlarim bu masalada mendan yordam so'rashdi. Men do'stlarimga saytga kirishni masalahat berdim. Biz tashkiliy qo'mitasi azolari bunga hech qanday aloqamiz yo'q. 5 iyulda tanishlarim saytga kirolmaganliklari yuzasidan shikoyat qilishdi, chunki juda ko'pchilik bir vaqtda saytga kirishga uringani bois, so'rovlar haddan ziyod ko'payib ketgan. SHu tufayli soatlab navbat kutishgan. 6 iyulda kirishsa, yarim final va final chiptalari qolmagan bo'lgan. Hammasi tugab ketgan. Men o'zim saytga 6 yoki 7 iyul kirib ko'rdim. Ko'rdimki, 64 o'yindan faqat bitta o'yinga, 3-o'yin uchun bahsga bilet bor edi. 

Ko'plab xodimlar chiptalar ortga qaytishini taxmin qilishmoqda. CHunki juda qimmat mehmonxonalarga ayrim muxlislarning qurbi etmaydi. Insonlar JCHga yaqin qolganida chiptalardan shunchaki voz kechishni boshlashi mutaxassislar tomonidan taxmin qilinyapti.

- JCHdan keyingi rejalaringiz qanaqa?

- Qatar futbol associatsiyasi bilan amaldagi shartnomam bor. U har yili avtomatik ravishda uzayadi.

- Sizga sport jurnalisti bo'lish qulaymi yoki futboldagi rasmiy mutaxassis?

- Yaxshi savol. Buni yaqinda talim muassasasi vakili bilan gaplashgandik. Biz siz talabalar bilan uchrashishingizni xohlaymiz deyishdi. Men qaysi tarafdan deb so'radim. U kishi o'z tajribalaringiz bilan bo'lishasiz dedi. 

Bilasizmi, jurnalist futbol menejmentida ish boshlashi – na jurnalistni o'ziga, na futbol menejmenti uchun foydali. Ko'pincha meni namuna qilib ko'rsatishadi. Birinchidan, jurnalistlar o'z faoliyatlaridan osonlikcha voz kechishadi. Nimaga ekanligini tushunaman. Balki hozir boshqachadir. Meni jurnalistika boqqan, etarlicha. Yani men uchun moliyaviy jihat birinchi o'rinda bo'lmagan. Hozirgi kunda ko'pincha jurnalistlar moliyaviy holat tufayli sohani tark etishadi. Ular klub matbuot kotibi sifatida ishlashsa, jurnalistlikdan ko'proq pul topishadi. Men bu uchun insonlarni muhokama qila olmayman. Barchamiz – insonmiz, oilamizni boqishimiz kerak. Biroq bundan jurnalistikaning o'zi jabr chekadi, chunki ijodiy sifat tushib ketadi. Bundan tashqari, nisbatan yaxshi yoza oladigan va yaxshi gapiradigan inson kelishi tufayli futbol menejmenti ham jabrlanadi. Umuman olganda, deylik, yaxshi jurnalist degani undan yaxshi matbuot kotibi chiqadi degani emas, dedi Nikimbaev.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика