Alisher Mahmudov: “Buxoro”? Yo'q menga hech qanday taklif bo'lmadi”
04 fev 2017 10:02
Yangiliklar
Alisher Mahmudov: “Buxoro”? Yo'q menga hech qanday taklif bo'lmadi”
Namanganning “Navbahor” klubida ancha yildan beri o'ynab kelayotgan Alisher Mahmudovga klub rahbariyati tomonidan javob berilgandi.
SHundan bir necha kun o'tib futbolchi “Buxoro” jamoasi bilan birga degan xabar chiqqandi. Lekin bunday xabarni futbolchining o'zi inkor etdi.
“Bilmadim oldin menga klub tomonidan qiziqish bo'lganmi yo'qmi, lekin menga hech kim taklif bilan chiqmadi. Ayni damda uyda oilam davrasidaman. To'g'risini aytsam, Alisher Mahmudov “Buxoro” klubida degan xabarni o'qib o'zim shunga ishongim keldi. Afsuski bunday emas. “Navbahor”dan ketishimning sababi, bosh murabbiy bilan kelisha olmadim. Bosh murabbiy bilan ishlashni o'zim istamadim”, - deydi “Alisher Mahmudov.
Fikrlar