Alisher Mahmudov: "Bizni “Lokomotiv”ga qarshi yana bir qiyin uchrashuv kutib turibdi”
05 mar 2017 17:45
Yangiliklar


Alisher Mahmudov: "Bizni “Lokomotiv”ga qarshi yana bir qiyin uchrashuv kutib turibdi”
Ushbu turda
Toshkentning “Bunyodkor” klubi o'z uyida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasini qabul
qildi va 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu bahsdan so'ng “So'g'diyona” klubi
futbolchisi Alisher Mahmudov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bunyodkor” jamoasiga qarshi uchrashuv biz uchun yomon o'tmadi, nazarimda. “Qaldirg'ochlar”ga qarshi himoyaviy o'yin taktikasida harakat qildik. Vaqti-vaqti bilan qarshi hujumga ham o'tib turdik.
Afsuski shu kuni “Bunyodkor” darvozasini ishg'ol qilish qo'limizdan kelmadi. Yaratilgan imkoniyatlardan iloji boricha foydalanishga urindik, biroq bizga omad kulib boqmadi. Darvozamizga gol bo'lgan vaziyatda Hamdamovning zarbasi o'zi o'ylaganidek chiqdi. Bu ham omad bilan bog'liq.
Endi bizni “Lokomotiv”ga qarshi yana bir qiyin uchrashuv kutib turibdi”, - deydi “So'g'diyona” klubi futbolchisi Alisher Mahmudov.
Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar