So’nggi yangiliklar

02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  16 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0

Alisher Azizov: “Qirg'izistondagi klublar o'zbek futbolchilariga qiziqib qolishgan” Yangiliklar

Alisher Azizov: “Qirg'izistondagi klublar o'zbek futbolchilariga qiziqib qolishgan”

Teglar :  Alisher Azizov
Qirg'izistonning “Dordoy” klubi OFK kubogi saralash uchrashuvida Tojikistonning “Hosilot” klubiga qarshi bahs olib bordi va ushbu uchrashuvda kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu o'yinda yana golga “Dordo” klubi safida harakat qilayotgan hamyurtimiz Alisher Azizov mualliflik qildi. Ushbu bahsdan so'ng Alisher Azizov o'z fikrlarini bildirdi.

“OFK saralash uchrashuvida Tojikistonning “Hosilot” klubiga qarshi dastlabki bahsni olib bordik. To'g'risini aytsam ushbu uchrashuv loy jangi bo'ldi, deyishim mumkin. CHunki o'yindan oldin qor yog'ib keyin erigandan so'ng stadion holati achinarli axvolga kelib qolgandi. SHunday bo'lsada ikkala jamoa ham bir xil sharoitda maydonda harakat qildi. Bizda golga tortadigan imkoniyatlar bo'ldi, shulardan faqat bittasidan foydalanib qoldik. Endi bizni safardagi javob uchrashuv kutib turibdi. O'sha o'yinda ham g'alaba qozonishimiz kerak. Ko'pchilik biladi hujumchi gol ursa o'ziga bo'lgan ishonchi oshadi. Eng muximi asosiy tarkibda tushsangiz bo'lgani. Zaxiradan 10-15 daqiqaga maydonga tushsangiz gol urish uchun imkoniyatingiz kam bo'ladi, tashqaridan qaraganda yomon ko'rinasiz. Bu erda menga katta ishonch bildirishmoqda. Baribir o'zingiz masuliyatni xis qilasiz. Agarda boshqa davlat klubida O'zbekiston nomidan to'p tepsangiz O'zbekiston zo'r ekan deyishadi. Agarda ishonchni oqlay olmasangiz futbolchining saviyasi past ekan deyishadi. SHuning uchun ham hozir Qirg'izistondagi barcha klublar o'zbekistonlik futbolchilarga qiziqib qolgan. “Terma safida o'ynamagan futbolchi shunchalik saviyali bo'lsa, demak O'zbekistondagi futbolchilar zo'r ekanda” deyishmoqda. Bu tarafdan O'zbekiston futbolining obro'si oshmoqda”, - deydi “Dordoy” klubi futbolchisi Alisher Azizov.


Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика