So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Alisher Azizov: “Oliy ligada qolishimiz uchun ko'proq g'alaba qozonishimiz kerak” Yangiliklar

Alisher Azizov: “Oliy ligada qolishimiz uchun ko'proq g'alaba qozonishimiz kerak”

Teglar :  Alisher AzizovObod
Toshkentning “Obod” jamoasi kuni kecha “Qo'qon-1912” jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va (2:1) hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu g'alabadan so'ng “Obod” klubi futbolchisi Alisher Azizov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Mashg'ulotlarni ikki mahaldan o'tkazyapmiz. Ertalab jismoniy mashqlar bo'lsa kechgi payt to'plar bilan ishlayapmiz. Ikki kunda bir o'rtoqlik o'yinini o'tkazdik. Tayyorgarlik alo darajada. Mashg'ulotlarda ko'proq jarima zarbalarini qanday amalga oshirishni takomillashtiryapmiz. Oliy lagada qolishimiz uchun ko'proq gol urishimiz va g'alaba qozonishimiz kerak. Mashg'ulotlarda shuni ustida ishlayapmiz.


“Qo'qon-1912” jamoasi bilan ajoyib o'yin o'tkazdik. Uchrashuv juda ham qiyin bo'ldi. O'z darvozamizdan gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng o'zimizga kelib oldik va g'alaba qozondik. “Qo'qon-1912” jamoasi ham yaxshigini o'ziga kelib olgan. “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'yin “Bunyodkor”ga qarshi tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi desa ham bo'ladi. Qo'qon klubiga qarshi bahs jamoadoshlarimning o'yinini shakllantirishga yordam berdi.

Yangi kelgan futbolchilar biz bilan ancha chiqishib ketishdi. Ayrimlari bilan bir jamoada to'p tepganmiz. U tomondan muammolar yo'q. Jismoniy tayyorgarligimiz ham ancha yaxshi, hozir mavsumning ham eng zo'r payti. Jamoamiz deyarli tayyor. Hozir har bir chiziqda ikkita dan futbolchilar bor. Bu jamoamizning o'sishiga yordam beradi. Men jarohatlarimda forig' bo'ldim, endi bemalol asosiy tarkib uchun kurasha olaman.

Faqat o'z o'yinimni ko'rsatishim kerak. CHempionatimizning 21-turida “Bunyodkor”ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushishim mumkin. Lekin, baribir bu masalada murabbiylar so'nggi qarorni qabul qilishadi”, - deydi “Obod” klubi futbolchisi Alisher Azizov.  

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика