So’nggi yangiliklar

08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  3 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  8 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0

Alisher Ahmedov: “Dila” bilan shartnomamni bekor qildik” Yangiliklar

Alisher Ahmedov: “Dila” bilan shartnomamni bekor qildik”

Teglar :  Alisher Ahmedov
O'tgan mavsum Maldiv chempionatida o'ynab, ko'pchilikni etiborini tortgan Alisher Ahmedov yaqinda Gruziya klublarining biri bilan shartnoma tuzgandi.

Ammo Ahmedov kuni-kecha Jizzaxda kechgan “So'g'diyona” – “Dinamo” uchrashuvida samarqandliklar darvozasini qo'riqladi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Alisherning o'zi bilan bog'landik.

- Yaqinda “Dinamo”ning “So'g'diyona”ga qarshi kechgan bahsida darvozani siz qo'riqladingiz. Buni qanday izohlaysiz?
- Inkor etmayman samarqandliklarning mazkur nazorat uchrashuvida maydonga tushganim rost. Lekin bu “Dinamo”ga o'tdim degani emas. Viloyat hokimining taklifiga binoan mazkur uchrashuvda ishtirok etdim. Ammo bugungi kunda samarqandliklar bilan emasman.

- “So'g'diyona”ga qarshi kechgan uchrashuv haqida fikringiz qanday?
- Men uchun yaxshi o'tdi deya olaman. Zaxiraga olingunimga qadar o'z darvozam dahlsizligini saqlab qoldim. Keyin 3ta gol o'tkazib yubordik.

- “Dila” bilan shartnoma imzolagan edingizku?
- Ha, o'zaro kelishuvga binoan shartnoma rasmiylashtirilgan edi. Biroq yakunda voqealar rivoji keskin o'zgarib ketti. SHu bois 28 fevral kuni yurtimizga qaytib keldim.

- Bunga nima sabab bo'ldi?
- Ushbu jamoaning o'z futbolchilaridan 6ta oylik maoshi va 9ta mukofot pullari berilmagan ekan. SHu bois UEFA kubogidan chetlashtirildi. Uning o'rniga “Dinamo-Tbilisi” ishtirok etadigan bo'ldi. “Dila” jamoasi meni aslida ushbu turnirda ishtirok etish uchun olgandi. Tabiiyki shundan so'ng ortga qaytishga qaror qildim.

- Endi kelgusi rejalaringiz qanday?
- Hozircha uydaman. Oilam davrasida dam olyapman. Agarda kelgusida biror bir taklif bo'lsa, ko'rib chiqishim mumkin.

- Faoliyatingizni yana xorijda davom ettirishingiz ham mumkinmi?
- Ha, o'tgan mavsumdagi jamoam Maldiv chempionatining “Nyu Radiant” klubiga borishim ham mumkin. Yoki yozgi transfer oynasiga qadar o'zimizda o'ynashim mumkin.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика