So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Alirizo Mansurian: "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman" Yangiliklar

Alirizo Mansurian: "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman"

OCHL 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Naft Tehron" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Alirizo Mansurian ishtirok etdi.
"Bugun juda yaxshi o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham chiroyli o'yin ko'rsatishdi. "Naft" jamoasi yosh futbolchilardan iborat. O'yindagi o'tkazib yuborilgan ilk gol bizga syurpriz bo'ldi. Anchagacha o'zimizga kela olmadik. Raqib 10 kishi bo'lib qolganidan so'ng g'alaba qozonib ketishimiz mumkin edi. Ammo "Paxtakor" aksincha kamchilik bo'lib yutib ketdi. SHu bois raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Endi bu uchrashuvni unutamiz va keyingi "Al Ayn"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz", - deb gap boshladi Alirizo Mansurian.

- "Paxtakor" 10 kishi bo'lib qolganida tezroq o'ynasanglar bo'lardi. Nima uchun bunday qilmadinglar, o'yinchilarning jismoniy holati shunchalik pastmi?
- Biz yomon o'ynamadik. O'yinni nazorat qildik. SHogirdlarim jismoniy tomonlama yaxshi harakat qilishdi. Raqib safida 2-raqamdagi futbolchini alohida takidlab o'taman. U bizga hujum qilishda ko'p bor xalal berdi.

- Ob-havoning sovuqligi o'yinga tasir qilmadimi?
- Yo'q, yo'q. Tehronda hozir havo harorati 0 daraja. Bu erga kelishimizdan oldin qor yog'ishini ham bilardik. O'zbekiston bizda yaxshi taassurot qoldirdi.

- Yaqinda Markaziy Osiyo tashkiloti tashkil etildi. Bu borada fikrlaringiz.

- Bu mintaqada Eron va O'zbekiston eng etakchi jamoalari hisoblanadi. Biz O'zbekistondan, sizlar Erondan ko'p narsa o'rganishinglar mumkin. O'z vaqtida Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Keyrushga yordam berganman. O'shanda O'zbekiston terma jamoasining barcha o'yinlarini ko'rib chiqqandim. Bu juda kuchli jamoa.

- Bugun faqat Leandro Padovani tushdi. Yana ikki nafar legioner nima uchun qaydnomadan ham joy ollmadi.

- Jamoamiz safida Eron milliy terma jamoasining 4 nafar va olimpiya terma jamoasining 5 nafar azosi bor. Bizdagi legionerlar mahalliy futbolchilardan ikki kalla ustun bo'lishi kerak. Bugun yoshlarni maydonga tushirib ularga xalqaro o'yinda tajriba to'plash imkonini yaratib berdim. Ammo kamerunlik va gollandiyalik futbolchiga keyingi o'yinlarda imkon beramiz albatta.


Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика