So’nggi yangiliklar

11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  0 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  0 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  1 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  4 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  10 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  4 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  4

Alifbe. O'zbek futbolidagi yollanma professionallar haqida Yangiliklar

Alifbe. O'zbek futbolidagi yollanma professionallar haqida

O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Futbol Ekspress gazetasiga intervyu berar ekan, Superliga haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Superliganing bu formati kelasi yili ham shu tarzda qoladi deb aytolmayman. Biz boshqa variantlarni ham ko'rib chiqamiz. Ayni paytda chempionatimizda 12ta jamoa ishtirok etayapti. Lekin futbol millionlar o'yini ekanligini unutmasligimiz kerak. O'zbekistonda esa futbolni juda sevishardi. SHuning uchun, uning har bir viloyatida, shahrida albatta futbol bo'lishi kerak. Birgina Toshkentning o'zidan uchta jamoaning nima keragi bor? Masalan, men Andijon xalqi o'z jamoasini Superligada ko'rishini xohlayman. CHunki ular bunga munosib. Yoki Samarqandni olaylik. Samarqandda ham albatta futbol bo'lishi kerak. SHu bois, biz chempionat formatini qayta ko'rib chiqamiz va buni muhokama qilamiz. Futboldan butun xalqimiz bahramand bo'lishi kerak. CHunki biz O'zbekiston futbolini yuksaklarga ko'tarish uchun mehnat qilayapmiz. SHuning uchun chempionatimiz tizimi borasida hammasini yaxshilab o'ylab ko'rganimizdan keyin, qaror chiqaramiz», - deydi Ahmadjonov.

Bir tomondan, juda to'g'ri gaplar. Xalqning, bir futbol muxlisining dilidagi gaplar. Ammo...


Avvalo, Superliga nima, Professional Futbol Ligasi qanaqa tashkilot, mazmunan bu tushunchalarning manosi haqida biroz fikr bildirib qo'yish kerak shekilli.

Tasavvur qiling, bir guruh do'stlar bilan stadionga futbol o'ynab turasizlar. Vaqt o'tib, futbol o'ynovchilar va jamoalar ko'payib ketdi. Qachon, kim bilan qanday o'ynalishi, maydonga tushish navbati kimda ekani haqidagi bahslar avj oldi. Har safar hamma to'planib olib, bunday masalalarning hal qilinishi murakkablashib ketdi. SHunda chetdan odam yollaysiz.

«Biz ham futbol o'ynab, ham ochkolarni hisoblash, hakam topish, ular bilan kelishish, sovrinlar joriy qilish bilan shug'ullansak, qiyinlashib ketyapti. SHuning uchun biz siz(lar)ga jamoalar pul yig'ib beramiz. Siz bu pulga musobaqani tashkillashtirib, taqvim tuzib, hakamlarni belgilab, turnir jadvalini tuzib borasizlar. Turnir halol va xolis, tartib bilan o'tishini taminlab berasizlar», – deb aytiladi ularga.

SHu tariqa, Professional Futbol Ligasi paydo bo'ladi. Tushunib turganingizdek, bu erda futbol jamoalarniki, Liga esa, ularning vaqtini tejash, xolislikni taminlash maqsadida, ulardan olingan pul evaziga yollanma tashkilotchi vazifasini bajaradi.


Vaziyat bu bosqichdan ham o'tib rivojlanishi mumkin. Masalan, Evropada o'sha Yollanma tashkilotchilar, masalan APL klublarga aytadi: «O'yinlar qiziq bo'lyapti. Tomoshabinlar sizlarni televizorda ko'rmoqchi. Men kelishdim, shu o'yinlaringni televizorda ham ko'rsatsak, ular bizga katta pul berar ekan. Rozi bo'lsanglar, shu kelishuvni amalga oshiramiz va shu daromadni o'zlaringga taqsimlab beramiz».

Bu Liganing ham professionallashuvi deb ataladi. Yani endi, klublar Ligaga badal puli to'lash o'rniga, ko'rsatayotgan o'yinlari, shu Liga (tashkilotchi) bilan kelishganliklari hisobiga pul ola boshlaydi. Ammo mazmunan hech narsa o'zgarmaydi, futbol baribir klublarniki. Ular istashsa, boshqa tashkilotchi bilan ham shartnoma qilib, ketib qolishlari mumkin. SHuning uchun tashkilotchi klublarni rozi qilishga intiladi. Har qanday qaror, har qanday o'zgarish klublarning roziligi bilan amalga oshiriladi. Tashkilot kimnidir jazolashi, kimnidir turnirdan chetlatib yuborishi ham mumkin – lekin bunga asos bo'lib, aynan o'sha klublar o'rtasida avvaldan kelishib qo'yilgan qoidalarning amalda bo'lishini taminlash kerakligi xizmat qiladi.

Masalan, bir jamoa g'irrom ish qilsa, tashkilotchi uni jazolaydi. Bu holat tashkilotning kuch sohibi ekani, boshliq ekani, turnirning egasi ekanini anglatmaydi. Tashkilot klublarning kelishuvi asosida yuzaga kelgan qoidalarning bajarilishini taminlayotganini, yani klublarga yaxshi xizmat qilayotganini anglatadi xolos.  

Endi amaliyotga ko'chamiz. Professional Futbol Ligasi mamlakatimizdagi futbol klublari uchun xuddi shunday yollangan tashkilot bo'lishi kerak. PFL har bir klubdan 2018 yil uchun 500 million so'mdan, jami 6 milliard so'm pul yig'ib olgan. SHu pul evaziga, PFL chempionat formatini belgilaydi, taqvim tuzadi, hakamlarni tayyorlaydi, o'qitadi, belgilaydi, o'yinlarning o'tishini taminlaydi, turnir jadvalini hisob-kitob qilib boradi, sovrindorlarni aniqlaydi va hokazo.

Hali keyingi bosqichga, yani PFL o'zi katta daromad qilib, klublarga taqsimlash darajasiga kelmadi, balki klublar PFLdan xuddi shu rivojlanishni talab qilishga haqlidir. Lekin hozirda Liga o'zini yollanma tashkilotchi emas, futbolning egasidan tutishi, hech qanday asossiz u jamoani haydab, bunisini qo'shishi qaysi mantiqqa sig'adi?


«Toshkentdan uch jamoa ko'plik qiladi», «Andijon yo Samarqanddan ham jamoa bo'lishi kerak» qabilidagi fikrlar masalan menda ham bor. Nukusda ham, Termizda ham Superliga jamoasi bo'lishini, futbol geografiyasi imkon qadar kengroq bo'lishini istayman. Toshkentda stadionni to'ldira olmaydigan «superklublar» bazida meni ham xafa qiladi, to'g'ri. Lekin bu fikrlar muammoni bir buyruq bilan hal qiladigan insonlar tarafidan shunchaki orzu yoki umid sifatida emas, qandaydir harakatlar uchun asos sifatida keltirilsa, noto'g'ri emasmi?

Samarqandga katta futbol kerak bo'lsa, Pro Ligada g'olib chiqib, Superligaga chiqsin. Andijon Superligaga munosib bo'lishi uchun O'FA vice-prezidentining shunday deb hisoblashi kifoya qilmaydi. Toshkentda uchta jamoa ko'p bo'lsa, ulardan biri so'nggi o'rinni olishi sharti bajarilishi kerak. Formatni o'zgartiramiz deb, hech kimdan so'ramay, 4 klubni ligadan haydash, «qiziq bo'lmayapti» deb mavsumning o'rtasida «oltin ochkolar»ni yo'qotishga urinish «yollanma tashkilot» uchun ko'plik qilmaydimi? (Badal pul olish tugul, har yili klublarga yuz million funtdan tarqatadigan APL ham eng kichik masalalarni ham ovozga qo'yish orqali hal qiladiku?)    

Umid Ahmadjonovning bir fikriga qo'shilaman. Futbol xalq uchun. Umuman, hamma narsa xalq uchun. Menimcha, xalq uchun deyish biroz etarli emas, to'g'rirog'i – xalqniki. Hamma narsa xalqniki. Yollanma tashkilotlar xalqdan olingan pul evaziga xalqqa xizmat qiladi, xalqning yaxshi yashashi uchun umumiy qoidalarni ishlab chiqadi, hayotning o'sha qoidalar asosida o'tishini taminlaydi. Barcha xalqqa xizmat qiladi.

Ammo qachonki, yollanma tashkilotlar o'zini xalqning ham, qoidalarning ham egasidek tutsa...

Har qancha to'g'ri gapirilmasin, qarsakka arzimaydi...


Qahramon Aslanov

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика