Aliboevga umuman ishonch bildirmagan murabbiy "Seul"ni tark etdi. Klub germaniyalik murbbiylar bilan muzokara olib bormoqda
05 okt 2020 14:31
Yangiliklar


Aliboevga umuman ishonch bildirmagan murabbiy "Seul"ni tark etdi. Klub germaniyalik murbbiylar bilan muzokara olib bormoqda
O'zbekistonlik Ikrom Aliboev o'ynayotgan "Seul" klubi murabbiylar shtabida o'zgarishlar ro'y berdi.
Sentyabr oyi oxirida "Seul" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kim Xo Yung istefoga chiqarildi.
Klub germaniyalik murabbiylar Torsten Fink va Tomas Doll bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqda Sports Chosun nashri xabar tarqatdi.
Malumot uchun, Ikrom Aliboevni "Seul"ga undan oldingi murabbiy CHoy Yung Su olib kelgandi. Biroq u shu yilning 30 iyul kuni istefoga chiqarilgandi. Kim Xo Yung esa Aliboevga umuman ishonch bildirmadi va umuman maydonga tushirmadi.
Aliboevning "Seul" bilan 2021 yil oxirigacha mo'ljallangan shartnomasi mavjud.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar