So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Aliboev: "SHackix boshqacha futbol talab qilyapti" Yangiliklar

Aliboev: "SHackix boshqacha futbol talab qilyapti"

Superliga 14-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvidan keyin (3:2), mezbonlar azosi Ikromjon Aliboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz?

- Qiyin o'yin bo'ldi. Yangi murabbiy qo'l ostida ilk uchrashuvimizni o'tkazdik. Yutganimiz yaxshi va ularning 2 ta gol urganiga (12 yil deganda) kelsak, bu futbol. Har bir jamoa gol urish uchun harakat qiladi.

- Marat Bikmaev bilan birga o'ynagansiz. Ko'pchilik Bikmaevni hisobdan chiqarib bo'lgandi, ammo bugun ikkita gol urishga erishdi. Mazkur hujumchi haqida nima deya olasiz?

- Bikmaev hali o'zini ko'rsatishga qodir. Bugungi o'yin buni ko'rsatdiki, uni hali hisobdan chiqarish kerak emas.

- Murabbiy almashdi. Slavche Voyneskining o'yin uslubi jamoaga tushmadimi? Maksim SHackixning g'oyasi jamoa geniga yaqinroqmi?

- Albatta, yaqinroq deb o'ylayman. CHunki, 2-3 ta o'rtoqlik o'yinida harakat qildik, tayyorgarlik jarayonida yaxshi taasurot qoldirdi. Avvalgi murabbiylar haqida esa gapirishni xohlamayman. O'ylaymanki, 2-davrada bundan ham yaxshiroq o'yin ko'rsatamiz.

- CHempionlik yo'lidagi asosiy raqib sifatida kimni ko'rmoqdasiz?

- Ochkolarga qarasak, “So'g'diyona”da biz bilan teng ochko. “Navbahor”, “Nasaf” ... Umuman, qaysidir birini ajratib ko'rsatolmayman, hammada imkoniyatlar teng.

- Kurash oxirgi turgacha davom etadimi?

- Men ham shunday o'ylayman.

- SHarqiy Osiyoda o'ynab keldingiz. Ketishingizdan oldin O'zbekiston chempionatining saviyasi qanday edi va hozir qay holatda? O'yinlar qiyinlashganmi?

- Ha, qiyinlashgan deb hisoblayman. O'yinlar saviyasi ancha o'sgan. Albatta, bundan futbolimiz yutadi.

Faxriddin Ro'ziev yozib oldi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика