Ali Mabhut Messidan o'tib ketdi
04 iyu 2021 09:57
Yangiliklar
Ali Mabhut Messidan o'tib ketdi
BAA terma jamoasi futbolchisi Ali Mabhut kecha JCH-2022 saralashi doirasida Malayziyaga qarshi kechgan o'yinda dubl qayd etdi.
4:0 hisobida yakunlangan o'yinda Mabhut terma jamoasi safida 72 va 73-gollarini urdi. Bu orqali u terma jamoalar safida ko'p gol urgan futbolchilar ro'yxatida 8-o'ringa ko'tarilib oldi.
Hozir faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar ichida esa u faqatgina Krishtianu Ronaldudan (103 ta gol) ortda qolmoqda. Messi hisobida esa ayni paytda 72 ta gol bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar