Alfonso Devis "Barselona"ga qarshi o'ynashi mumkin
11 sen 2021 11:27
Yangiliklar


Alfonso Devis "Barselona"ga qarshi o'ynashi mumkin
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis "Barselona"ga CHempionlar Ligasi guruh bosqich 1-tur doirasidagi o'yinda qatnashishi mumkin.
Myunxen jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Germaniya chempionati 4-tur doirasidagi "Leypcig"ga qarshi o'yin oldidan bu haqda matbuot anjumanida elon qildi.
Oldinroq malum bo'lganidek, Devis umumiy guruhga qaytgan. O'yinchi Kanada terma jamoasida bo'lganda jarohat olgan edi.
20 yoshli kanadalik futbolchi o'tgan mavsum "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar