Alexandro Sabelya: Argentina uchun bundan ham qiyin guruh tushishi mumkin edi
07 dek 2013 11:02
Yangiliklar

Alexandro Sabelya: Argentina uchun bundan ham qiyin guruh tushishi mumkin edi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Alexandro Sabelya JCH-2014 guruh bosqichiga tashlangan quradan qoniqish hosil qildi.
Bu yaxshi qura bo'ldi. Futbol bu futbol, maydonga tushib raqibdan kuchli ekanligimizni ko'rsatishimiz kerak. Bundan yomonroq ham bo'lishi mumkin edi.
Endi biz raqiblar haqida malumotlar to'play boshlaymiz. Biz Bosniya bilan yaqinda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik, ammo Eron haqida juda kam narsa bilamiz.
Nigeriyaga kelsak, Afrika termalari qanday kuchga ega ekanini bilamiz. Ularga qarshi o'tgan mundiallarda to'qnash kelgandik, jismonan juda kuchli jamoa, – deydi Sabelya.
Argentina "F" guruhida Bosniya va Gercegovina, Eron va Nigeriya bilan o'ynaydi.

Fikrlar