So’nggi yangiliklar

23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  1 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  0 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  8 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  1 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  3 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   2 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  7 19:13ПРО-Лига. "Бухоро" ўз уйида "Машъал"га имкониятни бой берди  10 19:10Расман: "Акрон" Артём Дзюба трансферини эълон қилди  4 18:47Де Брюйне "Ман Сити" сардори бўлишни истамайди  0 18:12Расман: "Арсенал" Артета билан шартнома узайтирилганини эълон қилди  0

Aleksis Sanches: urush va tinchlik Yangiliklar

Aleksis Sanches: urush va tinchlik

Teglar :  Aleksis Sanches
Fernando Felicevich ismini eslab qoling.

U haqiqiy daho. Deyarli Ostap Bender. Balki undan-da yaxshiroq. Yoki adashmasam, u APLda eng ko'p maosh oladigan Aleksis Sanchesning "Arsenal"dan MYUga o'tishini tashkillashtirgan inson.

****

Uning maoshi yiliga 23 million evroni tashkil qiladi. Yoki haftasiga 450 ming funt. SHundan 350 mingi o'zining maoshi bo'lsa, qolgan 100 mingi uning imijidan tushayotgan puldir. Biroq bu barchasi emas. Inglizning ishonchli saytlariga ko'ra, chililik futbolchi yana 7,5 million evroni bonus tarzida qo'lga kiritadi. Albatta, bu pul 4 yilga bo'lib to'lab beriladi. Bu esa yiliga 1,875 mln funt degani.

Etibor bering, bunday og'ir pullarni Pol Pogba, David De Xea, Eden Azar, Kevin de Bryuyne, Xarri Keyn yoki Muhammad Saloh ham olmaydi. Har 3-4 oyda bir marta gol uradigan, maydonda maqsadsiz yugurayotganga beriladi bu pullar. Ammo u ko'proq gol urishi, vaziyatlar yaratib berishi va g'oliblik uchun transfer qilingandi. Taxminan "Arsenal"dagi kabi. Lekin MYUdagi Aleksisning "Arsenal"dagi Aleksis bilan farqi juda katta bo'lmoqda.

Menimcha, o'z pullaringizni shunday insonga berib yuborish ahmoqlikdir. Bu pullarni to'layotgan "Man. Yunayted"ga esa yaqin orada juda qiyin bo'ladi. Klubdagilar kelajakni ham hisobga olishi, uning jamoadoshlari moliyaviy tomonlama katta farqni ko'rib jahli chiqmasligini o'rganib chiqishlari kerak edi. SHunday bo'ldi ham. Endi jamoadagilar bunday katta "do'nglik tekislash" bilan band bo'lishmoqda. Pogba va uning ayrim jamoadoshlari ko'proq o'ynayotgan bo'lsa-da, chililikdan kamroq maosh olayotganidan mamnun emas. Bunday holatda har doim favqulodda holatlar haqida gapirib, vaziyatni yumshatish kerak. O'sha vaqtda chililikni "Old Trafford"ga olib kelishning boshqa iloji yo'q edi.

Futbolchining MYUga o'tishi borasidagi rasmiy taqdimotda u Manchesterning qizil tomonida o'ynash katta g'urur va orzu ekanligini aytgandi. Qanday ochiqlik va bemanilik namunasi! Uning "Manchester"dagi faoliyati yolg'on bilan boshlangandi, buni barcha yaxshi bilardi. Uning maqsadi boshqa edi.

Barcha biladiki, Sanches "Manchester Siti" bilan deyarli kelishib bo'lgandi. Qo'llar ham siqib bo'lingandi. Ammo shaharning ikkinchi tomoni vakili borib, moliyaviy tomonlama taklifi bilan barchani hayratda qoldirdi. SHuningdek, Mxitaryan sovg'a qilindi. "Siti" talasha olardi, biroq futbolchiga yuqori maosh to'lashni istamadi va o'yindan chiqishga majbur bo'ldi.

Qaysidir vaqtlarda unga "CHelsi" ham davogarlik qildi. Biroq jamoaning cho'ntagi kamtarlik qildi va shu boisdan chililik uchun kurashmadi. MYU bu transferga hayot-momot kabi qaradi. Turmadi, hech kimga qaramadi. Mourino u orqali "Manchester Yunayted"ning barcha muammolarini echib tashlash mumkin deb o'yladi.

Aleksisning "Arsenal"da qanday hujumkor o'yin ko'rsatishini portugaliyalik ham biz ham bilardik. O'sha qishda Aleksisning ketganidan keyin "Arsenal" kiyinish xonasi anchagina engillashgan va fayz kirganini Joze bilmadi chamamda. Londonliklar Sanchesning urushlaridan to'yib ketishgandi. U murabbiy va muxlislarni adolatsiz deb o'ylardi. Albatta, qaysidir manoda Sanchesning egoistligi Mourinoning oynadagi aksi bo'lishi mumkin. Biroq nima bo'lgan taqdirda ham Sanches orqali istalgan pragmatik murabbiy hujumkor o'yin uslubi bilan o'ynasa bo'lardi. SHunday emasmi?

Afsuski, Mourino holatni noto'g'ri hisobga oldi. MYUning yarmidan ko'pi hozirda APLning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi bilan chiqisha olmaydi. Ular endigina Pogbaning injiqliklariga o'rganishgandi. Biroq bu asosiysi emas. Aleksis 29 yoshga kirganida juda kuchsiz va juda zaif ko'rindi. MYU yaxshi mahsulotni sotib olib, undan mazali ovqat qila olmadi. U jamoadan ketgan Mxitaryanning o'rnini ham bosishni uddalamadi. Uning joyida esa Marsyal va Reshford yaxshi o'yin ko'rsatadi. Bazida markaz futbolchisi Pol Pogba ham chapda chililikdan yaxshiroq harakat qilmoqda. Ahamiyat bersangiz, o'yinga tushadigan bo'lsa, sheriklari ochiq bo'lsa ham Sanchesga to'p oshirishmaydi. CHunki ular to'p yo'qotilishi aniqligini bilishadi. Ha, Mourning Londondagi sobiq hamkasbi Venger bilan falsafasi farqi juda katta. Portugaliyalik ochiq hujumkor o'yin ko'rsatishni istamaydi, biroq matbuotda ochiq-oydin barchani tanqid qila oladi.

CHililik Manchesterning bir qismini janjalga to'ldirdi. U o'z uyida yashashi kerak edi. U o'z jamoadoshlari bilan chiqishib keta olmadi. U Londonda ortiq edi, yangi joyda ham shunday. "Arsenal"da uning xatolariga ko'z yumishardi. CHunki u klubga katta foyda keltira olardi. Kim ham bilibdi deysiz, shunday top-futbolchi jamoasini o'zgartirganidan keyin bunchalik darajada so'nishini...

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика