Aleksis Sanches A Seriya klubiga o'tishi mumkin
10 avg 2019 16:42
Yangiliklar


Aleksis Sanches A Seriya klubiga o'tishi mumkin
MYU o'yinchisi Aleksis Sanches Rim klubiga o'tishi mumkin.
"Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanchesga "Roma" qiziqish bildirmoqda.
Rimliklar transferlar oynasi yakunlanganiga qadar hujum chizig'ini kuchaytirib olishni xohlashmoqda.
Xabarlarga qaraganda, "Roma" ingliz klubi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Sanchesning MYU bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil iyunga qadar mo'ljallangan.
30 yoshli o'yinchi yakunlangan mavsum "qizil iblislar" safida 27ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar