Aleksis MYU muxlislaridan kechirim so'radi
13 may 2019 14:44
Yangiliklar


Aleksis MYU muxlislaridan kechirim so'radi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanches "Kardiff Siti"ga qarshi APLning 38-tur bahsidan (0:2) so'ng ijtimoiy tarmoq orqali muxlislardan mag'lubiyat uchun kechirim so'radi.
"Mavsum juda qiyin o'tdi. Muxlislar oldida kechirim so'rashimiz kerak, chunki ular doimo bizni qo'llab-quvvatlashdi. SHaxsan men jarohat tufayli o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsata olmadim. Men har sohada professional bo'lganman. MYU maqsadlariga erishishga yordam bera olmaganim uchun ishqibozlardan kechirim so'rayman. Biz "Manchester Yunayted"! Bir kun kelib MYU Aleks Fergyuson davridagidek buyuk klubga aylanadi" - deb yozdi Aleksis Sanches.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar