So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  5 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  10 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  14

Aleksis Marsyaldan ko'ra foydaliroq, biroq... Yangiliklar

Aleksis Marsyaldan ko'ra foydaliroq, biroq...

Aleksisning "Yunayted"ga o'tishi anchagina shov-shuvlarga sabab bo'lgandi.

"Qizil iblislar" motivaciyani yo'qotgan Genrix Mxitaryanni "Arsenal"ning etakchisiga almashtirdi.

Agarda chililikning yangi jamoasidagi dastlabki 6 oyini adaptaciya uchun o'tkazdi deb hisoblasak, u bu mavsumda o'zining nimalarga qodir ekanligini ko'rsatishi kerak edi.

Sanches bu mavsumda yomon o'yin ko'rsatyaptimi? SHak-shubhasiz.

Qanchalik darajada ekanligini ushbu maqolada ko'rsatishga harakat qilamiz.

Oldindan aytib qo'yamiz, bu erda futbolchilarning daqiqalik, soatlik, kunlik, haftalik, oylik, yillik, asrlik maoshi haqida hech qanday gap ketmaydi.

Faqatgina Sanchesning o'yin sifatini ko'rsatadigan raqamlar jamlanadi bu erda.

Agarda APLni hisobga oladigan bo'lsak (barcha turnirlarda u har 355 daqiqada natijaga tasir qiladigan ishni amalga oshirmoqda) chililik futbolchi har 198 daqiqada gol urmoqda yoki assistent bo'lmoqda.

Taqqoslash uchun:

Marsyal (116)
Lukaku (147)
Reshford (119)

Agarda bu raqamlardagi tafovut sizlar uchun ko'pdek tuyulsa, eslatib o'tamiz, Sanches ushbu futbolchilardan ikki baravar kamroq o'ynagan. Hatto, boshqa istalgan zaxira futbolchisi ham o'yinga bunchalik effekt bera olmagan.

Yana nimadir bor:

Reshford top-jamoalarga gol ursa, Lukaku qolgan klublar darvozasini ishg'ol qilgan. Aleksis esa faqatgina "Nyukasl"ga (so'nggi daqiqalarda g'alaba olib kelib, jamoaga 3 ochko tuxfa etgandi) gol urgan va "Byornli", "Nyukasl" va "Bornmut" bilan o'yinlarda hammuallifga aylangan.

Grafikka qarab, Sanches o'zining eng yaxshi o'yinlarini "Byornli" (assistent), "Nyukasl" (ilk o'yinda gol, boshqasida assistent), "Bornmut" (assistent), "Fulxem"ga qarshi ko'rsatgan. 

Bu erda aniqlashtirish uchun "Arsenal" (2:2), "Liverpul" (1:3) va "Tottenxem" (1:0)ga qarshi o'yinlar vaqtida jarohatlandi.

Undan tashqari, yuqoridagi grafikada "CHelsi"ga qarshi 3, "ManSiti"ga qarshi o'tkazilgan 16 daqiqani hisobga olmadik. CHunki bu vaqt oralig'ida nimanidir uddasidan chiqish qiyin.

SHuningdek, jarohatlar haqida ham keyinroq gapirib beramiz.

Agarda Sanchesning so'nggi 4 mavsumini (1,5 "Yunayted" va 2,5 "Arsenal") solishtiradigan bo'lsak, u Manchesterga kelganda statistikasi pastga qarab sho'ng'iganining guvohi bo'lamiz.

2016/17 yilgi mavsum eng samaradori bo'lgani uchun buni boshqa mavsumlar bilan solishtirib bo'lmaydi (chunki u mavsum kosmos), shu boisdan boshqa natijalarga etiboringizni qaratamiz.

Sanches darvozaga zarbalarini kamaytirib yubordi va o'zining NPxG90 borasida yig'adigan ochkolarini ham ikki baravar pastga tushirdi.

xGChain90 va xGBuildup90 borasida yig'iladigan ochkolar esa "Arsenal" bilan solishtirilsa, o'zgarishlar deyarli yo'q.

Ijobiy tomon:

- Aleksisning o'tgan yilgi yanvardan buyon natijalari anchagina yaxshilangan;

- O'tkir paslar borasidagi ko'rsatkich "Arsenal"dagi so'nggi mavsumi kabi bo'ldi;

- "Yunayted"ning hujumkor futbolchilari driblingi, to'pni yo'qotishi va aldab o'tishlari borasidagi ko'rsatkichlarda Sanches boshqa jamoadoshlaridan qolishmayapti.

Faqatgina Xuan Mata (62,5 foiz) omadli driblingda Sanchesni (50 foiz) ortda qoldirmoqda.

SHuningdek, chililik futbolchi Reshford, Pogba va Marsyal kabi ko'p dribling ishlatmasa-da, buni sifatli tarzda amalga oshiradi.

To'pni yo'qotish borasida ham Sanches eng yomoni emas (Pogbadan ikki baravar kam). Biroq bizning miyamizda har doim uning to'pni yo'qotishi qolaveradi.

SHuningdek, Sanches to'psiz o'yinlarda ham o'zini ko'rsata olmoqda.

Aleksis qo'rqmasdan Mata va Reshford kabi kurashlarga kirishadi (Lukaku va Marsyaldan ko'proq), bu urinishlar borasida u "Yunayted"ning eng yaxshi futbolchisi - 75 foiz.

Plyus, Sanches jamoa hujum uyushtirayotganda to'pni eng ko'p olib qo'ygan futbolchi. Bu ro'yxatdan Pogbani olib tashladik, chunki uning ishi aynan shundan iborat. Ammo ayta olamizki, Sanchesning natijasi Pogbaniki bilan deyarli bir xil.

Agarda Sanchesning chap qanot vingerligidagi asosiy raqibi Antoni Marsyal deb hisoblaydigan bo'lsak, francuzning o'rtacha urgan gollari (G90) hamda XG90'dan boshqa yaxshi natijasi yo'q.

O'tkir paslar, xA90, A90 bo'yicha Aleksis raqobatchisi Antonidan yaxshiroq yoki deyarli bir xil darajada.

Ushbu natijalarga qarab, Antonini zaxiraga mixlab, Aleksisni maydonda mo'jiza ko'rsatishga majburlash kerakmikin degan hulosaga kelamiz.

Xa-xa))

Endi biroz boshqacharoq. Va nima uchun:

Men Marsyal Sanchesdan ko'ra funkciyalari cheklangan futbolchi deb hisoblayman. Biroq Sulsherning MYUsi Marsyalga mos tushadi. U to'pni ko'p ushlab turmaydi yoki biroz kreativroq o'ynaydi, dribling evaziga o'tib ketadi va to'pni darvozaga yo'llaydi.

Ammo unutmaslik kerakki, Aleksisning ushbu natijalari kuchsizroq bo'lgan raqiblarga qarshi o'yinlarda, Antonining NPxG va  xA borasidagi natijalarida "CHelsi", "Arsenal", "Everton" va "Uotford"ga qarshi o'yinlardagilari ham keltirilgan.

Aleksis - agarda sog'lom bo'lsa, muammolarning sog'lom echimi. Antoni - g'ayratli va shijoatli.

Albatta, fikrlar ko'p. Ammo golli natijalar borasida Antoni jamoaga ko'proq foyda keltirmoqda. Bo'ldi, faqat shu. Ammo dribling va zarbalar borasida u Aleksisdan biroz ortda.

Ammo achinarlisi, Aleksis kabi futbolchi Sulsherning MYUsida muhim rol o'ynamaydi va u o'ziga berilgan vaqtdan nimanidir isbotlash va jarohatlar uchun o'tkazib bo'ldi.

Agarda Aleksisning jarohatlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, chililik va "Yunayted"ning yoqimsiz holat ko'zga tashlanadi:

O'tgan 3,5 mavsum davomida Aleksis "Arsenal"da 5 marta jarohatlangan. 120 kun va 13 o'yinni o'tkazib yuborgan.

"120 kunda atigi 13 o'yin?" deya so'rarsiz. 42 kunlik jarohatini mavsumlar oralig'ida orttirib olgandi.

U eng ko'p vaqtini Londondagi ilk mavsumida o'tkazib yuborgandi - 53 kun va 10 o'yin.

MYUda esa u salkam yarim mavsumda qatnashmadi - aniqrog'i 94 kun va 19 o'yin.

Tizzaosti soha, son sohasi va tizza... U "Yunayted"da turli hil joylaridan jarohatlanmoqda.

Bunga uning biroz dangasaroqligini, yoshini, jamoaning tibbiyot xizmatini, mashg'ulot processini va futbolchining mashg'ulotlarga bo'lgan munosabatini hisobga qo'shish kerak.

Sabablar ko'p, ammo biz unga munosib deb biror bir asosiy rolni bera olamizmi? Kim shunga qodir?

Jamoa yulduz futbolchini o'ziga qabul qilmayapti. Bu eng yomoni.

Hulosalar

Aleksis yomon o'yin ko'rsatmayotgan ajoyib ijrochi bo'lib qoladi, biroq u doimiy tarzda asosiy tarkibda o'ynay olmaydi.

Jarohatlar, ishonchsiz harakatlar va sog'lig'idagi boshqa muammolar unga "Yunayted"ning o'yiniga to'liq moslashib ketishi uchun to'sqinlik qilmoqda.

Uning transferini omadsiz deb atashga to'liq haqqimiz bor.

Jismoniy holati yomonligi, jarohatlari, raqobat, beqarorlik va klubning saviyasi tufayli u ishtiyoqini yo'qotgan.

Bunday vaqtda na futbolchiga va na muxlislarga oson. Aleksis ajoyib paslar berishda hali ham yaxshi. Biroq bunday jamoa uchun bu juda kam.

Eng yomoni, Aleksisga ishonadigan odam qolmadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика