Aleksis: "CHili termasida yana futbolga qayta oldim"
23 iyu 2019 10:55
Yangiliklar


Aleksis: "CHili termasida yana futbolga qayta oldim"
CHili terma jamoasi futbolchisi Aleksis Sanches Amerika Kubogida ko'rsatayotgan o'yinlari haqida gapirdi.
"Manchester Yunayted" futbolchisi ushbu turnirda ikki o'yinda ikki gol kiritdi.
"CHili termasi tarkibida o'ynayotganimda, oddiygina futbol o'ynayotganimdan xursand bo'laman. To'pig'imdagi, ichki jarohatlarning barchasi o'tib ketdi va yana futbolga qaytdim.
Ekvadorga qarshi o'yin anchagina qiyin o'tdi. O'yin vaqtida oyog'imdan kichik jarohat orttirib olgandim, tanaffusda meni tuzatib qo'yishdi va yana maydonga qaytdim.
Jamoamda menga ko'p imkoniyat berishmadi, ammo xotirjamman. Nimalarga qodirligimni va qanday darajada ekanligimni yaxshi bilaman", - dedi Aleksis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar