Aleksey Evstafeev: "Xatolar tajribasizlik va mahorat etishmasligidan kelib chiqadi"
28 may 23:18
Yangiliklar
Aleksey Evstafeev: "Xatolar tajribasizlik va mahorat etishmasligidan kelib chiqadi"
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Do'stlik" - "SHo'rtan" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin bo'yicha qaerdadir yutqazdik yoki ustun keldik. Mag'lubiyatga uchradikmi, demak qaerdadir yaxshi ish olib bormadik. O'yin natijasiga tasir o'tkazadigan xatolar bo'ldi. "SHo'rtan"ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa navbatdagi bahslarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz.
Xatolar tajribasizlik va mahorat etishmasligidan kelib chiqadi. SHuningdek, diqqatni ham yo'qotdik. "SHo'rtan" ham bizni o'rgangani ko'rinib turibdi.
Jamshid Qobulov va Timur Usmonovga kelsak, hozir biror narsa deyish qiyin. Ularning tajribasi bor. Jamoamizga foyda keltirishiga ishonaman",- dedi Aleksey Evstafeev.
Fikrlar
«Мен ҳар доим ҳамма нарса Худога ва Унинг хоҳишига боғлиқлигини айтаман. У нима бўлишини ҳал қилади. Мен ҳар доим ҳамма нарса бир сабабга кўра содир бўлганини ҳис қилдим.
Мен доимо Худога илтижолар билан мурожаат қиламан ва менга берган ҳамма нарса учун Унга миннатдорчилик билдираман», деди «Интер Майами» ва Аргентина терма жамоаси ҳужумчиси "TNT Sports Argentina" телеканалига берган интервьюсида.