So’nggi yangiliklar

10:48Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  0 10:03ПСЖ «Бавария» етакчисини текинга қўлга киритиши мумкин  2 09:25Sofascore. Ҳожимат Эркинов ва унинг шериклари «Ал Айн»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  1 08:47Салоҳ Италия клуби билан музокара олиб бормоқда  8 08:10Жаҳоннинг энг яхши марказий ярим ҳимоячилари рейтинги тузилди (топ-10)  6 07:35«Милан» ҳимоячиси ёзда «Манчестер Сити»га ўтиши мумкин  0 02:50АПЛ. "Лестер" сўнгги 12 ўйиндаги 11-мағлубиятини қайд этди  2 02:40А Серия. "Милан" ғалабани мағлубиятга айлантирди  3 00:59БАА. "Ал Ваҳда" 6 очколик ўйинда ғалабага эришди, Эркинов асосий таркибда майдонга тушди  0 00:36Моуринью дисквалификация қилинди  5 23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  12 23:13Саудия Арабистони ЖЧда ярим финални мақсад қилади  6 22:51Озарбайжон. Ўзбек футболчилари дербисида Раҳмоналиев жамоаси йирик ғалаба қайд этди  3 22:16Гюлер "Реал"дан кетмоқчи эмас  14 21:51Қозоғистон клуби ўзбекистонлик футболчилар трансферини эълон қилди  2

Aleksey Evstafeev: "Hozir yaxshi futbolchi topish qiyin" Yangiliklar

Aleksey Evstafeev: "Hozir yaxshi futbolchi topish qiyin"

Teglar :  Aleksey Evstafeev
Farg'onaning "Neftchi" klubi katta murabbiyi Aleksey Evstafeev "So'g'diyona"ga qarshi kechgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Toshkentda 12 kunlik yig'inimiz o'z yakuniga etdi. Rejalashtirilganidek 4ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik. "Obod", "Olmaliq", "So'g'diyona" va Tojikistonning "Istiqlol" klublariga qarshi o'ynadik. Oxirgi "So'g'diyona"ga qarshi o'yinni hisobga olmaganda barcha bahslarda ob-havo yaxshi bo'ldi. Ko'plab yangi va yosh futbolchilarni ko'zdan kechirdik. Ish davom etadi. Oldinda Farg'ona Hokimi Kubogi turibdi. Unda ikki tarkib bilan ishtirok etamiz".

"Tarkibga chaqirilgan barcha futbolchilar Hokim kubogida ishtirok etadi, hozircha hech kimga javob berganimiz yo'q. Fevral oyining 12 sanasida poytaxtga kelib navbatdagi yig'inni boshlaymiz".

"Yangi futbolchilar borasida ish olib borilmoqda. Yaxshi va talabimizga javob beradigan futbolchi bo'lsa albatta tarkibga jalb qilamiz. Hozirgi paytda yaxshi futbolchi topish juda qiyin. Himoyaga ixtisoslashgan yarim himoyachi bo'lsa yo'q demasdik. Sababi bu erda o'ynaydigan Javohir Rasulov jarohat olgan, Umid Qodirovning sog'ligida kichik muammo bor".

Olimpiya terma jamoasida o'ynagan darvozabon Abdumavlon Abdujalilov "So'g'diyona"ga qarshi maydonga tushdi, Doston Tursunovga esa dam berdik. U Farg'onadagi musobaqada ishtirok etadi", - deydi Aleksey Evstafeev.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика