"Bavariya" va "Barsa" Grimaldoga qiziqish bildirmoqda
19 noy 2025 21:51
Yangiliklar
"Bavariya" va "Barsa" Grimaldoga qiziqish bildirmoqda
Aleks Grimaldo "Barselona" va "Bavariya"ning etiborini tortmoqda. Jurnalist Matteo Moretto 30 yoshli himoyachining yana Ispaniyaga o'tishi haqidagi gaplar faollashganini tasdiqladi. U "Bavariya" futbolchining vaziyatini kuzatayotganini takidladi, biroq futbolchining o'zi ham, qaror qabul qilish vaqti kelsa, Ispaniyaga qaytishni maqul ko'rishini aytdi. "Barselona" Grimaldoning vaziyatini kuzatib bormoqda, ammo hozircha aniq harakatlar qilinmagan, bunga Balde bilan bog'liq holat sabab.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, "Bayer" "o'zining eng yaxshi o'yinchilaridan birining "Bavariya"ga o'tishini istamaydi, shu sababli ehtimoliy transfer to'g'ridan-to'g'ri La Liga bilan bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari, u klub va futbolchi o'rtasidagi munosabatlar alo darajada ekanligini takidladi: "Agar Grimaldo qachondir Ispaniyaga qaytish istagini bildirsa, tomonlarning hech biri bu o'tishga to'sqinlik qilmaydi."
Eslatib o'tamiz, Grimaldo oldinroq "Barselona B" jamoasida o'ynagan, ispaniyalik futbolchi "blaugrana"ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar