Aleksendr Onika: "O'zbekistondan taklif bor"
21 jan 2015 12:11
Yangiliklar


Aleksendr Onika: "O'zbekistondan taklif bor"
Moldovalik yarim himoyachi Aleksandr Onika "Moldfootball.com" portalining muhbiriga kelajagidagi rejalari haqida gapirib berdi.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr 2014 yilning dekabr oyida O'zbekistonning "Neftchi" klubini tark etgan edi.
"Hozir uydaman va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha shaxsiy murabbiy bilan ishlayapman. Trenajor zalida ham mashqlarni davom ettiryapman. Agentim kelajagim haqidagi savollarni hal qilishini kutyapman. Hozircha jimlik. O'zbekistondan bitta taklif bor, qolganlari esa boshqa mamlakatlardan. Hozircha kelisha olmayapmiz. Bu savol tezroq hal bo'ladi deb umid qilaman. Moldovadan takliflar bo'lgani yo'q.
- Bu yildan nimalarni kutyapsiz?
- Bu yil jarohatlarsiz o'tishini xohlayman. Futbolchilik faoliyatimda katta muvaffaqiyatlarga erishishni istayman. SHu bilan birga, bu yil Moldova terma jamoasiga qaytmoqchiman" - deydi Onika.

Fikrlar