Aleksandru Onika "Neftchi"ni tark etdi...mi?

Narzulla Saydullayev
14 noya 2014, 15:28
Moldoviyalik legioner aftidan keyingi taqdirini boshqa klub bilan bog'laydi.
Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Onika "Neftchi"ni tark etgan. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi shu yilning so'nggida poyoniga etadi. Farg'onaliklar u bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas. Shu bois 30 yoshli futbolchi o'ziga yangi jamoa topishga urinadi.   

Ma'lumot uchun, Onika joriy mavsum 21ta o'yinda maydonga tushib, 1475 daqiqa harakat qilgan. Shuningdek u raqiblar darvozasini bir marotaba ishg'ol etgan.  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia