So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  2 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  6 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  20 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  76 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Aleksandr Xomyakovning "Mashal"ga xayrlashuv xati Yangiliklar

Aleksandr Xomyakovning "Mashal"ga xayrlashuv xati

"Mashal"da 10 yil davomida ishlagan murabbiyning xayrlashuv so'zlari quyidagicha bo'ldi.

Aziz do'stlarim, men klubda qilgan ishimga, 10 yil mobaynida menga berilgan iliqlik va samimiyatlik uchun mehmondo'st va tengsiz o'zbek xalqiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bir jamoada 10 yil muddat davomida ishlash qaysidir manoda rekord deyish mumkin.

Siz bilan birga o'tkazgan his-tuyg'ularni doimo yodda saqlayman. Ha ketish og'ir, juda og'ir. Ammo hayot davom etadi.

Futbolchilar, jamoa murabbiylar shtabi va klubning barcha xodimlari, ularning professionalligi meni doimo hayratga solib kelgan. CHunki bu erda profesionallik yuqori darajada yo'lga qo'yilgan. Men har biringizdan qarzdor bo'lib qolaman va har doim sizning ishingizga to'liq vijdonan yondoshganingizdan xursandman.

Klub rahbariyati menga shuncha vaqt ishonch bildirib, o'z yaqini, aka-ukasidek ko'rgani uchun boshim erga tekkuncha tazim qilib qilaman. Sizning istagingiz va sabr-bardoshingiz siz istagan natijalarga erishishga imkon berdi.

Menga bergan amaliy yordamingiz, qo'llab quvvatlaganingiz, umuman hamma hammasi ajoyib edi. Yana bir bor rahmat sizga. Bunday ajoyib klubni boshqarish men uchun doimo sharafli bo'lgan.

"Mashal"ga kelgusida ham omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Umid qilamanki, Muborakka hali yana katta futbol qaytadi va klub nafaqat O'zbekistonda, balki xalqaro arenalarda ham katta natijalar qayd etadi.

O'zbek xalqidek do'st, mehribon va oq-ko'ngil insonlarni dunyoning boshqa eridan topish qiyin.

Siz yaqinlarimga ketar chog'im, bir narsani alohida aytaman. Sizdek do'stlarim bo'lgani mening omadim va baxtim. Sizlar bilan diydor ko'rishishni doim orzu qilib qolaman.

CHeksiz xurmat va ehtirom bilan
Aleksandr Xomyakov

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика