Aleksandr Xomyakov: "Yordamchilarim va shogirdlarimga rahmat"
12 apr 2014 20:34
Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Yordamchilarim va shogirdlarimga rahmat"
"Qizilqum" - "Mashal" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
"Avvalo men shogirdlarim va yordamchilarimga rahmat aytmoqchiman. PRO licenziyasiga o'qiyotgan vaqtda yo'qligimni bilintirishmadi. Bugun navbatdagi bor shunday vaziyatda ular meni qo'llab turishdi. O'z jamoam o'yinidan uyalmayman. G'alaba uchun kurashdik, oldindan o'yin qiyin bo'lishini bilardik. Ammo kichik xatolar tufayli g'alaba qozona olmadik. O'yin jangovor durang qayd etildi. Raqibni o'rganib chiqqandik, to'p o'tkazmadik. Demak, himoyada yaxshi o'ynadik, qarshi hujumlardan esa unumli foydalana olmadik.
O'z uyimizdagi o'yinlarda g'alaba qozona olmaganimizga balki ruhiy bosim sabab bo'lgandir. Keyingi uy o'yinimizda zafar quchib muxlislarimizga bayram tashkil etib berishni istaymiz.
Bir hafta davomida jamoa bilan birga bo'lmadim. Faqat bugun ular bilan ko'rishdim, yana bir bor yordamchilarimga va shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. "Qizilqum"dan Vagapov, SHishelov va Jo'raev kuchli o'yinchi ekanligini bilardik, ular bugun yaxshi o'ynashdi", - deydi Aleksandr Xomyakov.

Fikrlar