So’nggi yangiliklar

07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  0 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  2 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  25

Aleksandr Xomyakov: "Tuxel Gvardiola jamoasiga qarshi nimadir o'ylab topishini kutmoqdaman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Tuxel Gvardiola jamoasiga qarshi nimadir o'ylab topishini kutmoqdaman"

Bugun "Manchester Siti" va "CHelsi" jamoalari ishtirokida Evropa CHempionlar Ligasi final o'yini oldidan "Mashal" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Menimcha, qisman ustunlik "Manchester Siti" tomonida. Odatda finallar tomoshabop va ko'p gollarga boy bo'lmaydi. Bunday pallada natija birinchi o'ringa chiqadi. "CHelsi" qarshi hujumlarda o'z imkoniyatini sinab ko'rishi mumkin. Jamoa Tuxel boshchiligida ko'p gol ura olayotgani yo'q, lekin ularda himoyaviy harakatlarda tartib bor. SHuni unutmasligimiz kerakki, "CHelsi" germaniyalik mutaxassis kelganidan so'ng "Manchester Siti"ni yutdi. Menga ko'proq murabbiylarning ishini kuzatish qiziqarliroq.


Biroq final bu alohida tarix. CHunki bunday o'yinlarda juda kichik detallar ham natijaga o'z tasirini o'tkazadi. SHu bois finalda voqealar rivoji qanday tus olishini taxmin qilish qiyin. Ikki murabbiy uchun ham mazkur uchrashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Gvardiola 10 yil oldin "Barselona" bilan finalda zafar quchgandi. Tuxel uchun esa ketma-ket ikkinchi finalda yutqazish alamli bo'lishi aniq. Undan Gvardiola jamoasiga qarshi nimadir o'ylab topishini kutyapman",- deydi Aleksandr Xomyakov.

Eslatib o'tamiz o'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da Portugaliyaning Portu shahrida joylashgan "Dragan" stadionida boshlanadi. Bizni kuzatishda davom eting.


"Manchester Siti" - "CHelsi". Evropa CHempionlar ligasi final o'yiniga prevyu

«Manchester Siti» - «CHelsi». Evropa CHempionlar ligasi finali oldidan CA xodimlarining taxminlari

ECHL. Bugun final! 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика