So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  42 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Aleksandr Xomyakov: "Tezkor gollar g'alabamizni taminladi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Tezkor gollar g'alabamizni taminladi"

"Mashal" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov "Andijon" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Avvalo muxlislarimizni tabriklayman. Tezkor gol urib oldik. Lekin umuman olganda o'yin shiddatli kechdi. O'yin so'nggida esa raqib ustunlikka ega bo'ldi. Yigitlar bugun g'alabani juda ham istashdi. Barchani tabriklayman", - deydi Xomyakov.

- Tarkibga kelgan yangilar haqida fikrlaringiz...
- Umuman olganda futbolchilarning bari maydonda bor kuchi bilan o'ynadi. Bukatkin ham, Ivanov ham bugun yaxshi saviyada o'yin namoyish etishdi. Boboxonov ancha hayajonlandi, lekin bu barchada bo'ladi.

- Bundan startni o'zingiz ham kutmagan bo'lsangiz kerak.
- Nega endi (kuladi). Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Barchasini to'g'ri bajardik va 6 ochko qo'lga kiritdik.

- Hujumchilarning vaziyatdan foydalana olishmagani haqida fikrlaringiz...
- To'g'ri vaziyatlar bo'ldi. Lekin Qo'ziboev ham, To'raev ham professional. Buning ustida ishlashda davom etamiz.

- Bugun Humoyun Murtazoev maydonga tushdi, Namanganda SHohruh Dostonov maydonga tushgandi. Tarkibda yana asosiy tarkibga kirishi mumkin bo'lgan yoshlar bormi?
- Bu futbolchilardan tashqari Tursunmurod Hamdamov, Sirojiddin Rahmatullaev, Xolmurodov Xolmurodov kabi futbolchilar istalgan vaziyatda maydonga tushishga tayyorlar.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика