So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  2 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  12

Aleksandr Xomyakov: "Ruhiyat bilan bog'liq tizimli inqirozdamiz" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Ruhiyat bilan bog'liq tizimli inqirozdamiz"

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Surxon" (2:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Ha, bugungi o'yinni boy berdik. Bosimlarga boy uchrashuv bo'ldi. Biz chempionatdagi ketma-ket o'yinlarda ochkolarni boy berayapmiz. Bu nimadan dalolat beradi? Jamoada inqiroz bor, o'yin borasidagi inqiroz. Bugun 0:2 dan hisobni 2:2 ko'rinishiga keltira oldik. Yigitlar kurashishdi, albatta ularga xarakter uchun minnatdorchilik bildiraman. Lekin raqib ham g'alaba uchun oxirigacha kurashdi, buni ham takidlab o'tish lozim. "Surxon"ni g'alaba bilan tabriklayman.

- "Andijon" birinchi davrani yaxshi o'tkazgandi. Ikkinchi davradagi  natijalar esa qoniqarsiz. Buni qanday izoxlaysiz?

- Yuqorida aytdim, bizda o'yin borasidagi krizis bor, shunaqa vaziyatdamiz. Nimadir o'xshamayapti. Bu ruhiyat bilan bog'liq, tizimli inqirozga tushib qoldik. Harakat qilayapmiz, mashg'ulotlarda ishlayapmiz. Lekin kutilganidek natija bo'lmayapti. Bu vaqt bilan bog'liq jarayon, oldindagi o'yinlarda ijobiy natijalarga erisha olamiz deb o'ylayman.

- Jamoa so'ngi 3 ta o'yinda 8 ta gol o'tkazib yubordi. Bunda himoyachilar va darvozabonning ayblari bormi?

- Butun jamoaning aybi bor. Jamoaning o'zida nimadir o'xshamayapti. Ruhiyat bilan bog'liq tizimli inqirozdamiz. Biz ham g'alabalarni istaymiz, natija uchun kurashayapmiz. Biroq, hozir jamoada shunaqa muammo bor. Tahlil qilib, kamchiliklar ustida ishlaymiz.

- Evropa klublarida psixolog-ruhshunoslar ishlaydi. Bizda ham shu jarayonni tashkil qilinsa bo'lmaydimi?

- Murabbiy o'zi ruhshunos bo'lishi kerak. Har bir futbolchining imkoniyatlarini, ruhiyatini to'g'ri baholashi lozim. Lekin, yaxshi taklif ekan, futbol klublarida shunaqa ish o'rni tashkil qilinsa, mening fikrimcha yomon bo'lmasdi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика