Aleksandr Xomyakov: "Rahbariyat bilan gaplashib olishning ayni vaqti"
30 noy 2024 18:57
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Rahbariyat bilan gaplashib olishning ayni vaqti"
"O'yin dramatik tarzda o'tdi. Raqibga g'alaba juda zarur ekanligini tushunib turgandik, biz ularga qarshilik qilishga urindik. Derbi doim boshqacha o'tadi. Qiziqarli bahs bo'ldi. So'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuborganimiz albatta alam qildi. Menimcha durang normal natija", - dedi Aleksandr Xomyakov.
- Natijadan qoniqdingizmi? Hakamlarga etirozingiz yo'qmi?
- SHaxsan men natijadan qoniqmadim. CHunki qo'shimcha vaqtlarda gol o'tkazganimiz alamli bo'ldi. SHuncha ko'p kuch sarflagandik. Albatta g'alaba qozonishni istagandik. Hakamlik bo'yicha hech qanday etiroz yo'q.
- Keyingi yil "Andijon" qanday bo'ladi? Siz bilanmi yoki boshqa murabbiy bilanmi?
- Bu haqda oldin ham gapirgandim. Hozir rahbariyat bilan gaplashib olishimiz kerak, oldingi yil bilan taqqoslasak hozir natijamiz pastroq. Hozircha ishlayapmiz. Rahbariyat bilan rejalarni muhokama qilmadik. Keyingi yil nima bo'lishini ko'ramiz.
- Agar keyingi yil klubda qolsangiz tarkib kuchaytiriladimi?
- Albatta, OCHLda ishtirok etadigan klub yangilarni olib kelishi va tarkibni kuchaytirish kerak. Rahbariyat bilan gaplashib olishning ayni vaqti. Birinchi davrani yaxshi o'tkazdik, ammo ikkinchi davra boshini juda yomon boshladik. Aynan Superligani olsak. Albatta Kubokni qo'lga kiritganimiz mavsumdagi kamchiliklarimizni yopgandek bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar