So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

Aleksandr Xomyakov: "O'zbekistonda kelishilgan o'yinlar bormi yoki yo'qmi buni bilmayman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "O'zbekistonda kelishilgan o'yinlar bormi yoki yo'qmi buni bilmayman"

"Lokomotiv" - "Mashal" (3:1) uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.
"O'yin ancha jonli, tezkor, shiddatli bo'ldi. Tezlik ancha yuqori bo'ldi. Bu shunchaki dastlabki xulosalar. Biz ikkinchi davrada safarda ochkolar qo'lga kirita olmayapmiz. Tarkibimizdagi yo'qotishlar tufayli qiyin bo'lishini tushunib turgandik. Bizda bugun faqat bitta himoyachi qolgandi - Vaniev. Qolganlar esa yarim himoyachilar edi. Raqib bizdan klass bo'yicha ustun", - deb gap boshladi Xomyakov.

- Bugungi o'yinga qo'yilgan vazifa qanday edi?
- Raqibga munosib qarshilik ko'rsatishni istagandik. Himoyaga ko'proq etibor qaratib qarshi hujumga o'tish rejalashtirilgandi. Raqib o'z jarima maydoni yonida to'pni yo'qotganida pressing qilish edi. Ammo doim ham kutilganidek bo'lib chiqmaydi.

- Sizga xorijlik mutaxassis sifatida bir savol bermoqchiman. So'nggi paytlarda oliy ligamizda kelishilgan o'yinlar haqida ko'p gap-so'zlar yuribdi. Har bir turdan so'ng bir nechta o'yinlar shubha ostida qolmoqda. Nima deb o'ylaysiz O'zbekistonda kelishilgan o'yinlar bormi?
- Qo'shilaman, shunday gap-so'zlar yuribdi. Bundan xabarim bor. Lekin men bosh murabbiy sifatida oliy ligada birinchi yil ishlayapman. SHu bois bu borada aniq javob bera olmayman.

- "Mashal" statistikasiga etibor qilsak, jamoa yutadimi yo'qmi Zohir Qo'ziboev gol urmoqda...
- Mavsum boshida bu borada biroz xavfsiragandik. Sababi u oliy ligada debyut qilishi kerak edi. Ammo shubhalarimizni barbod qilganidan xursandman. Hozircha 10dan ortiq gol urdi. U aynan shu bois ham maydonga tushadi, vazifasi gol urish.

- Bu yil "Mashal" beshinchi o'rinni deyarli naqd qildi. Keyingi mavsum klub o'z oldiga yanada yuqori o'rinlarni maqsad qilishi mumkinmi?
- Avvalo hali oldinda 4ta tur bor. SHu bois hali beshinchi o'rinni oldik deb ayta olmayman. Keyingi yil borasida esa, albatta bundan yaxshiroq natija ko'rsatmasak muxlislarimiz bizdan ranjishlari tabiiy.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика