So’nggi yangiliklar

22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  0 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  5 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  6 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  3 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  3 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0

Aleksandr Xomyakov: "O'zbekistonda 15 yildan buyon bekorga ishlamayotganimni isbotladim" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "O'zbekistonda 15 yildan buyon bekorga ishlamayotganimni isbotladim"

O'zbekiston kubogi finali doirasidagi "Navbahor" - "Andijon" (2:3) o'yinidan so'ng andijonliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov va o'yinchisi Levan Arveladze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Men baxtliman. Birinchi navbatda yigitlarni tabriklayman. Muxlislarga ham rahmat, muxlislarsiz bunday natijaga erisha olmagan bo'lardik. Butun Andijon xalqini g'alaba bilan tabriklayman", - dedi Aleksandr Xomyakov.

"Hissiyotlarimni tasvirlab berish ilojsiz. SHunchaki dahshatli o'yin bo'ldi. Goldan so'ng o'yin ochilib ketdi. Ikki jamoa ham bugun maydonda borini berdi. Andijon ahlini tarixiy natija bilan qutlayman", - deya gap boshladi Levan Arveladze.


- Jamoangiz hisobni tenglashtirib olguncha, deyarli xavfli vaziyatlar yarata olmayotgandi. Goldan keyin esa jamoangiz o'yini ochilib ketdi. O'yindagi qaysi palla jamoangiz o'yinini o'zgartirib yubordi?

- Kecha aytib o'tganimdek ikki jamoa ham bir-birini juda yaxshi o'rganib chiqqan. Kuchli va kuchsiz tomonlaridan xabardor edi. Biz raqibning zaif nuqtalariga hujum qilishni rejalashtirgandik. O'tkazib yuborgan birinchi golimiz, o'yinimizga tasir qildi. Biz birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordik va barchasi o'zgarib ketdi. Rejamiz bo'yicha biz birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborishimiz kerak emas edi, taxminan 70-daqiqaga qadar 0:0 hisobini saqlab qolish va o'yinning so'nggi qismida yaxshiroq o'yin namoyish etishimiz kerak edi. Eksta-taymlardan oldin o'yinni penaltilar seriyasiga qadar hal etishimiz kerakligini ko'p marotaba takidladii. Bu biz uchun juda muhim edi. To'g'ri, biz barcha gollarni standart vaziyatlardan urdik, ammo g'oliblar tanqid qilinmaydi degan maqol bor. O'yin esdan chiqadi, ammo natija abadiy qoladi. Siz balki hujumkor va tomoshabop futbol kutgandirsiz, afsuski biz hozir bunday o'yin namoyish eta olmaymiz. Bizga maksimal natija olib keladigan o'yin uslubini tanlashga majburmiz.


- Bugungi uchrashuvdagi ijobiy natijaga ko'proq taktika yoki ishtiyoq sabab bo'ldimi? Masalan, bosh murabbiy tanaffus jarayonida taktik o'zgarishlarga qo'l urdimi?

- Biz o'yinni boshlagan taktika bilan davom etdik. O'yin davomida turli xil holatlar ro'y berdi. SHu sababli, asosan futbolchilarning hoxishi ko'proq tasir o'tkazdi deb o'ylayman.

- "Andijon" jamoasi kubokni qo'lga kiritsa, jamoaga avtomobillar sovg'a tariqasida taqdim etiladi degan xabarlar tarqalgandi. SHu gaplar qanchalik rost?

- Men bu haqda birinchi marotaba eshityapman. Biz sovrin pullarini olishimiz aniq" - dedi Levan Arveladze.


- "Andijon" bugun tarixiy natija qayd etdi. Viloyat hokimidan mukofot tariqasida nima kutyapsiz?

- Ha, bizga qandaydir sovg'alar berishsa kerak. Asosiysi menga beriladigan "gonorar" pullaridan xabardorman.

- Bugungi tarixiy g'alabani kimga bag'ishlaysiz?

- Men 15 yildan buyon O'zbekistonda ishlab kelmoqdaman. Bugungi g'alabani andijonliklarga va Andijon viloyati rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Ular menga viloyat bosh klubini boshqarish vazifasini ishonib topshirishdi. "UzAvto"ga ham alohida rahmat.

- O'tgan mavsumda "Navbahor"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng "futbol hudo"si bugun biz tomonda bo'ldi degandingiz. Bugun jamoangizga qanchalik omad kulib boqdi deb o'ylaysiz?

- Ha, shunday desak ham bo'ladi. Omadsiz g'alaba bo'lmas edi.

- "Andijon" jamoasi joriy mavsumdagi eng muhim uchrashuvini o'tkazib bo'ldi. Jamoaning kelajagi haqida gapirib o'tsangiz? Oldinda hali Superliga bahslari bor. Superligada jamoangiz yaxshi natija namoyish eta olmayapti.

- Bugungi g'alaba bizga ko'proq ishonch berdi, lekin bizda nishonlab o'tirishga ko'p vaqt yo'q. Superligadagi natijalarimiz juda yaxshi emas. G'alabani nishonlashga faqat bir kun vaqtimiz bor, ikki kundan so'ng Toshkentda yig'ilamiz va "Surxon"ga qarshi nazorat uchrashuvini reja qilib qo'yganmiz.

- Bugungi final murabbiylik faoliyatingizdagi eng muhim o'yinmi?

- Bu mening faoliyatimdagi eng katta yutuq. O'zbekistonda bekorga 15 yil ishlamaganimni isbotladim. Bu men uchun juda muhim edi.

- Bugungi o'yin jamoangiz joriy mavsumda namoyish etgan eng yaxshi o'yin bo'ldimi?

- Menimcha yo'q. Birinchi davrada bundanda yaxshiroq va tartibliroq o'yinlarimiz bo'lgandi. Ko'nglim biz uchun barchasi yaxshi tugasini sezayotgandi. O'yin sifati alo bo'lmadi to'g'ri, ammo bu g'alaba uchun etarli bo'ldi.

Reyting: +28   

Fikrlar

+2   
05 okt 23:23:36
Uzbekistan Paxtakor
Зур уйин булди, Андижон хам Навбахор хам зур уйнади, бундан Андижон ахли ва нейтраль мухлислар ютишди. Андижон жамоаси ва мухлисларига алохида рахмат, эмоциялар учун. Халкаро майдонларда омад, Узбекистан шарафини муносиб химоя килсин. Андижонга Саудия ва Амирликлардаги юлдузлар келганида лол колсин, мухлисликни куриб.
+2   
05 okt 23:21:51
Бахтиёр Ашуров
В режасиям пуҳта ишланган экан. Ҳомяков ақиллий мураббий!
+2   
05 okt 23:13:27
Жамшид Абдусамадов
Абдуманонов уйинга кушилгандан кейин уйин кучайди
+1   
06 okt 00:00:24
Google User
Bugun Xomyakov butunlay boshqacha pozitiv insonga aylanibdi. Rejasi o'xshadi, taktikasi ish berdi, asosiysi bu uni birinchi yutug'i, tabriklayman!
+1   
05 okt 23:31:16
ÓZINGNI BOSS BOLAPAQIR
Ey gap yoʻq olasizmi bersin lekin yana bir gap Oʻzbekiston futboliga rivojiga Qashqadaryo Futbol maktabi katta hissasi bir desam mubolagʻa boʻlmas sababi misol uchun ushbu Murabbiy Xomyakov ham murabbiylik faoliyatini Mashʼal futbol akademiyasida boshlagan va Mashʼalni asosiy jamoasida davom ettirib boshqa klublarda ham ishlab mana bugun Andijon Futbolida tarixiy voqeaga sababchi boʻldi mana Kubok bilan birgalikda Andijon tasavvur qiling nasib etsa kelasi yili Osiyo chimpionlar ligasida oʻynaydi Andijon jamoasi muxlislari bunga arziydi mani oʻzim ham Qashqadaryolikman lekin Andijon uchun xursandman
   
06 okt 10:41:37
Bahodirjon Nosirov
Andijondan shiddatli, jangovar, go'liblik ruhi singdirilgan, tomoshabop o'yin va ajoyib g'alaba uchun rahmat. Superliganing qolgan o'yinlarida ham davomini kutamiz!
   
06 okt 07:38:44
Odilbek Abdushukurov
Andijon muxlislari bunga loyiq edi.
   
06 okt 06:56:31
ойбeк
Хомяков ва Андижонни тарихий галаба билан табриклаймен .шу таркибни сак,лаб янаги йилга беш олтита яхши у'йинчи олса жамоа анча кучаяди
   
06 okt 05:40:22
Po'latjon Mullaboyev
Ғалаба муборак Андижон.
Бекорга Абдуманноповни захирада қолдирмаган экан Хомяков.
Навбахор чарчаганда штурм учун сақлаган экан.
   
06 okt 01:29:37
Muhsin 1986
Андижонни 77 ракамдаги уйинчисини тарбияласа зур хужумчи чикадиганга ухшаябти 2004- йил экан говдаси билан яхши уйнаркан
   
06 okt 00:17:24
Абдугаффор . N
Халолинг булсин
   
05 okt 23:17:21
Fan_BARCA
Og'a siz zorisiz bugun
   
05 okt 23:13:42
Haqiqatparvar
Гап йук шундай ишлашда давом эт Андижонга Очл да омад тилайман Яшанглар боллар
   
05 okt 23:05:19
Samcity
Hayriyatey
   
05 okt 23:01:34
Красавчик Красавчик
Бугун сизга нима дисезам ярашвуради Хамстер Комбат того)))))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика