Aleksandr Xomyakov: "Metallurg" bilan o'yindan keyingi voqeani ortiqcha muhokama qilmoqchi emasman"
26 avg 2021 10:18
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Metallurg" bilan o'yindan keyingi voqeani ortiqcha muhokama qilmoqchi emasman"
Bekobodning "Metallurg" jamoasi Superliganing 16-turida o'z maydonida "Mashal"ga imkoniyatni boy berdi (1:2).
"Uchrashuv yakunlangach qiziq bir holat yuz berdi. Muborakliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovga maydondan chiqib ketish chog'i "Metallurg" jamoasi boshlig'i SHavkat Saidov musht tushirdi. Xo'sh aslida vaziyat qanday yuz bergan edi? Biz bu borada Aleksandr Xomyakovga savol bilan yuzlanganimizda, murabbiy qisqa va lo'nda javob berdi.
"Umuman o'yin qiyin va bosim ostida o'tdi. O'yindan keyingi vaziyatni esa ortiqcha muhokama qilmoqchi emasman", - deydi Aleksandr Xomyakov.
Fikrlar