Aleksandr Xomyakov: "Mashal"ni "ko'mib qo'ymanglar", biz hali qaytamiz"
08 may 2016 19:35
Yangiliklar


Aleksandr Xomyakov: "Mashal"ni "ko'mib qo'ymanglar", biz hali qaytamiz"
"Andijon" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.
"Menimcha muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Futbolda qaysidir jamoa mag'lub bo'lishi kerak. Barchasini to'g'ri qilayotgandekmiz, lekin natija ijobiy bo'lmayapti. Bazida esa natija oson qo'lga kiritiladi. Balki shuning uchun ham futbol muxlislarga yoqadi. Bizni hisobdan chiqarishga hali erta. Hali o'z so'zimizni aytamiz. 2-3 qadam ortga chekinib keyin olg'a boramiz. Qaytaraman bizni "ko'mib qo'ymanglar". Biz bugun qarshi hujumda o'ynashni istagandik. O'tkazilgan goldan so'ng taktikani o'zgartirdik va ko'proq vaziyat yaratdik. Afsuski vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Birinchi bo'lim oxirida Qo'ziboev gol urganida barchasi boshqacha bo'lardi", - deydi Xomyakov.
"Mashal" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
20:36
Asror Aliqulov: "Kubok uchrashuviga U-21 jamoasidan ko'proq futbolchi jalb qildik. Lekin..." 0

Fikrlar