Aleksandr Xomyakov: "Mashal" uchun har bir o'yin finaldek o'tmoqda"

Mirjalol Normatov
6 avg 2021, 23:11
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Mashal"-"Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng muborakliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Hissiyotlarga boy o'yin bo'ldi. Har bir o'yin biz uchun finaldek o'tyapti. Bugun ochko olishimiz ham, yo'qotishimiz ham mumkin edi. Futbolchilarga munosib harakat qilishgani va kurashishgani uchun rahmat aytaman. Oldinga intilishda davom etamiz. 

O'yin paytida turli vaziyatlar yuzaga keldi. Hakamlar ham inson. VAR to'g'ri qaror chiqarishga yordam berishi kerak. Umuman olganda VAR haqida fikrim yomon emas. 

"Bunyodkor"ning oldindan shunday o'ynashi ma'lum edi. Gol o'tkazib yuborsak muammolarga duch kelishimiz aytilgandi. Asosiy ko'rsatma maydon markaziga pressing uyushtirish edi. Kuchimiz bor paytda yomon harakat qilmadik. Yaxshi himoyalandik. Hujumlarni tashkil qilishda ko'p kuch yo'qotdik. Yigitlar ko'rsatmalarni qo'ldan kelgancha bajarishdi",- deydi Aleksandr Xomyakov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia