So’nggi yangiliklar

23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз". Ҳамюртимиз захирада  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  2 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3

Aleksandr Xomyakov: "Jamoamizda Boshnyak kabi futbolchi paydo bo'lgani juda yoqimli" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Jamoamizda Boshnyak kabi futbolchi paydo bo'lgani juda yoqimli"

"Andijon" hamda "Olimpik" o'rtasidagi Superliganing 17-tur o'yinidan (2:1) so'ng mezbon jamoa ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Aleksandr Xomyakov: "Juda xursandman. Bizga yuklatilgan masuliyatni yaxshi tushunib turgan edik. Muxlislarga bayram tashkil eta oldik deb o'ylayman. Asosiysi - ochkolar va g'alaba. Bu men uchun mavsumdagi eng muhim bahs edi. Yigitlarga katta rahmat, raqib jiddiy bosim o'tkazdi, biroq vazifani uddalashdi. Hammani tabriklayman."

- G'anixonov va Ergashboevlar nega maydonga tushirilmadi?

- To'g'risini aytsam, o'yin qiyin o'tdi. Tarkib bilan muammolar bor edi. Bunday bahslarga hamma ham kirishib keta olmaydi. Kelajakda ular o'zlarini ko'rsatishga imkon bo'ladi deb o'ylayman.

- Armin Boshnyak o'tgan turda "Bunyodkor"ga, bu bahsda "Olimpik"ga gol urdi...

-  Futbolchi jamoaga tez ko'nikib ketdi, biroq bu jarayon davom etmoqda. U tez foyda ketirishni boshladi. Bizga shunday - hujum tashkil qiladigan va ularni yakunlaydigan futbolchilar kerak edi. U katta hajmdagi ishni bajardi. Jamoamizda bunday futbolchi paydo bo'lgani juda yoqimli.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика