Aleksandr Xomyakov: "Jamoamizda Boshnyak kabi futbolchi paydo bo'lgani juda yoqimli"

Aslanov Jasurbek
21 avg 2023, 21:44
"Andijon" hamda "Olimpik" o'rtasidagi Superliganing 17-tur o'yinidan (2:1) so'ng mezbon jamoa ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Aleksandr Xomyakov: "Juda xursandman. Bizga yuklatilgan mas'uliyatni yaxshi tushunib turgan edik. Muxlislarga bayram tashkil eta oldik deb o'ylayman. Asosiysi - ochkolar va g'alaba. Bu men uchun mavsumdagi eng muhim bahs edi. Yigitlarga katta rahmat, raqib jiddiy bosim o'tkazdi, biroq vazifani uddalashdi. Hammani tabriklayman."

- G'anixonov va Ergashboevlar nega maydonga tushirilmadi?

- To'g'risini aytsam, o'yin qiyin o'tdi. Tarkib bilan muammolar bor edi. Bunday bahslarga hamma ham kirishib keta olmaydi. Kelajakda ular o'zlarini ko'rsatishga imkon bo'ladi deb o'ylayman.

- Armin Boshnyak o'tgan turda "Bunyodkor"ga, bu bahsda "Olimpik"ga gol urdi...

-  Futbolchi jamoaga tez ko'nikib ketdi, biroq bu jarayon davom etmoqda. U tez foyda ketirishni boshladi. Bizga shunday - hujum tashkil qiladigan va ularni yakunlaydigan futbolchilar kerak edi. U katta hajmdagi ishni bajardi. Jamoamizda bunday futbolchi paydo bo'lgani juda yoqimli.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia