Aleksandr Xomyakov: "Ikkita gol o'tkazib yuborgan bo'lsakda, qo'limizni tushirmadik"
15 apr 2021 20:53
Yangiliklar


Aleksandr Xomyakov: "Ikkita gol o'tkazib yuborgan bo'lsakda, qo'limizni tushirmadik"
Superliganing oltinchi turidan o'rin olgan "So'g'diyona"-" Mashal"(2:2) uchrashuvidan so'ng muborakliklar ustozi Aleksandr Xomyakov fikrlarini bildirib o'tdi
"Fikrimcha, qiziqarli va tomoshabop o'yin bo'ldi. Bugun kurashlar, keskin vaziyatlar ham etarlicha yaratildi. O'zimni jamoam ko'rsatgan o'yin haqida fikr bildirsam, qaysidir manoda meni ajablantirdi. Lekin darvozamizdan ikkita to'p olib chiqqan bo'lsakda futbolchilarim qo'llarini tushirishmadi va oxirigacha kurashishdi. Ishtiyoq va iroda uchun ularga rahmat aytaman",- deydi Xomyakov.
- Ukeme Uilyams avvalgi uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushganida samara bergan edi...
- Biz o'yindan oldin barchasini ko'rib chiqqandik. Kurashlar ko'p bo'lishi malum edi. Ukeme texnik tomondan kuchli bo'lgani uchun uni zaxiradan tetik holda tushirishni rejalashtirilgandik. Unda foydalanish uchun vaziyatlar ham bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar