So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  7 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  10 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  38 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  34 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  10

Aleksandr Xomyakov: "Farhod Bekmurodov sariqdan keyin barchasini tushunib olgan deb o'yladik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Farhod Bekmurodov sariqdan keyin barchasini tushunib olgan deb o'yladik"

Coca Cola Superliganing 9-turi doirasida "So'g'diyona"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jurnalistlar savollariga javob berdi.


- O'yinda chetlatish muhim rol o'ynadi. 88 va 90+4-daqiqada gollar o'tkazib yubordik, yigitlarda koncentraciya yo'qolib qoldi. Albatta, chunki urilgan gollar ikkinchi temp bilan amalga oshdi. Umuman olganda ajratib ko'rsatadigan biror nima deya olmayman. SHunday o'yin bo'lishini tasavvur qilgandik. Vazifa birinchi bo'lib gol urib olish edi, urdik ham. Vaziyatlarimiz ham anchagina bo'ldi, ikkinchi bo'limda esa deyarli hech nima qila olmadik. O'z navbatida raqiblar ham unchalik ko'p vaziyatlarga ega bo'lmadi. Yana bir marta takrorlayman, chetlatish ushbu o'yinning asosiy omili bo'ldi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman.

- Farhod Bekmurodov avvaliga sariq oldi. SHundan keyin u yana bir marta fol ishlatganida bosh hakam unga, ko'zingni och, seni kartochkang bor dedi. SHunga qaramasdan u yana fol ishlatdi. Nega u vaqtida zaxiraga olinmadi? Yakunda 10 kishi bo'lib qolib, mag'lub bo'ldik.

- Siz to'g'ri aytyapsiz. SHunday qilish kerak edi. U o'z hissiyotlarini jilovlay olmadi. To'g'ri, almashtirishimiz kerak edi. Barcha xato qiladi, biz ham odammiz. Xatolardan qochib bo'lmaydi. Uning tajribasiga umid qilgandim. U sariq kartochkadan keyin barchasini tushunib olgan deb o'yladim. Xissiyotlarni jilovlash kerak. Raqiblarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq, yutqazmaslik ishtiyoqi yuqori o'ringa ko'tarildi. Bunday paytda istalgan gapni topib, aytsa bo'ladi. Ha, o'zgartirish kerak edi. O'sha paytda Farhod Bekmurodov men uchun maydonda bo'lishi muhimroq edi. Urilgan gollar esa uning o'ynagan joyidan urildi. 

- 10 kishi bo'lib qolinganidan keyin himoyachi maydonga tushirilmadi?

- Nega himoyachi tushirishimiz kerak edi? Gollarni qarang, himoyachilar o'z ishlarini yaxshi bajarishdi. Gollar himoyachilardan teparoqda urildi. Arveladze o'yinni tugata olmadi, uni almashtirishga majbur bo'ldik. O'ng qanot himoyasiga katta og'irlik tushdi. SHunda ham hujumga chiqishga harakat qildik. SHu sababli qanot yarim himoyachilarini almashtirdik. Nima himoyachilar? Ular o'z joyida yaxshi o'ynashdi. Ularga hech qanday etirozlar yo'q. O'yin oldinda kurashlarga boy bo'lishini taxmin qilgandik. Kim kurashlarda yutsa, tashabbus ham unda bo'lishini bilardik. CHunki jamoalar shunday, doimo agressiv o'ynashga harakat qilishadi. Ushbu jihatda mag'lub bo'lishni istamagandik. Bunday o'yinda uncha-muncha murabbiy himoyachilarni almashtirmaydi. Himoyachilar doimo eng katta sabab bilan almashtiriladi. CHunki himoya to'rtligi doimo bir-birini tushunib o'ynaydi. Bunday o'yinda esa hamma himoyachilar ham o'ynay olmaydi. Agarda kimdir xato qilganida ham almashtirsa bo'lardi. Tayanch futbolchimiz jarohati sababi o'yinni yakunlay olmadi. Qanot himoyachilarini ko'proq hujumga chiqishini istadik. Vaziyatlar bo'ldi. O'sha vaziyatda penalti bormidi yoki yo'q, bilmayman. Baribir bunga bahona topiladi. Bilmadim, ko'rish kerak. 

- O'zgarishlar nega kech amalga oshirildi?

- Bunga javob berdikku. O'yinni yaxshi boshladik, yigitlarga etirozim yo'q. SHunchaki g'alaba uchun tashna bo'la olmadik. Balki men qaerlardadir xato qilganman. Menga o'sha nuqtada o'sha futbolchi kerak edi. Ushbu nuqtada menga yaxshi futbolchi kerak edi. SHu sababli Farhod maydonga qoldi. Uning o'zi ham barchasini tushunib turgandi. SHunchaki extiroslarini jilovlay olmadi. Aytdik unga, u ham xo'p-xo'p dedi. 

- Mag'lubiyatdagi asosiy sababchi kim?

- Men bo'lsam kerak. Asosiy aybdor men. SHaxmatni ko'pchilik o'ynashni biladi, biroq yaxshi o'ynay olishni hamma ham eplay olmaydi. Futbolni hamma o'ynay oladi. Demak, bu erda men yutqazdim. Men ham odamman, xato qilaman. Faqatgina hech nima qilmayotgan odam xato qilmasligi mumkin. Balki aynan Bekmurodovni maydondan olish kerak bo'lgandir. Balki, tanaffusda almashtirish kerak bo'lgandir. Agarda barchasini oldindan ko'ra olganimda, balki barchasi boshqacha bo'lardi. Demak, bugun bizga omad etishmadi, desa ham bo'ladi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика