Aleksandr Xomyakov: "Durangdan hech bir tomon xursand bo'lmadi"
14 may 2017 10:04
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Durangdan hech bir tomon xursand bo'lmadi"
"Mashal" - "Olmaliq" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun rejalashtirganlarimizni amalga oshira olmadik. Kun juda issiqligi bizga tasir qildi. Biz raqibning kuchli tomonlarini bilgan holda to'pni o'zimizda ushlab turish va qarshi hujumda o'ynashga urindik. Afsuski bunday qila olmadik. Ikkinchi taymda havo bizga tezroq o'ynashga imkoniyat berdi. Penalti ishlab oldik, ammo omad biz tomonda emas edi. Boshqa tomondan mag'lubiyatga ham loyiq emasdik. SHu bois durang adolatli bo'ldi.
Abdulloh Olimov jarohat olib bugun maydonga tushmadi. Birinchi taymda esa bir yo'la ikki majburiy o'zgarishni amalga oshirdik.
Menimcha bugungi durang hech bir klubni qoniqtirmadi", - deydi Xomyakov.
"Mashal" matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar