So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  27 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  18 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

Aleksandr Xomyakov: “Dinamo”da yorqin nomlar yo'q, ammo jamoa bor” Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: “Dinamo”da yorqin nomlar yo'q, ammo jamoa bor”

O'zbekiston Liga Kubogi chorak finali doirasidagi “Dinamo” – “Andijon” (2:1) uchrashuvidan keyin dastlab mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o'yin haqida to'xtaldi.

- Bugun tomoshabopligi bo'yicha ham, shiddat borasida ham yaxshi o'yin bo'ldi, deya olaman. Afsuski, mag'lub bo'lib, turnirni tark etdik. To'g'ri, bugun zich taqvim grafigi sababli, bir qator futbolchilarga dam olish imkonini bergandik, ammo shunga qaramay, yigitlar yomon o'yin namoyish etishmadi. Ikkinchi bo'limda gol o'tkazib yuborgan bo'lsak-da, jamoam kurashdan chetda qolmadi va oxirigacha jang qildi, deyish mumkin. Nima ham derdim, “Dinamo”ni yarim finalga chiqqani bilan tabriklayman va keyingi hal qiluvchi o'yinlarda omad tilab qolaman.

Raqib jamoa haqida? “Dinamo” jamoasi tarkibidagi nomlar bilan etiborga tushmasa-da, kurashuvchanligi, o'yinida murabbiyning imzosi borligi bilan ham hurmatga sazovor jamoadir. Jamoa har qanday raqib bilan maydonda qo'rqmay, kurasha oladi. Tarkibida yorqin nomlar yo'q, ammo jamoa bor, deyish mumkin.

“Andijon” o'yini mening qo'l ostimda ijobiy tomonga o'zgarayotgani haqida eshitish yoqimli bo'lsa-da, o'z fikrimni bildiradigan bo'lsam, men o'z jamoamning o'yini yanada yaxshilanishini kutayapman va buning uchun hali ko'p ishlashimizga to'g'ri keladi. Men hali jamoam o'yinida katta o'zgarishlar ko'rayotganim yo'q. Biz o'yindan-o'yinga kuchayib borishimiz shart.

CHindanam, yakshanba kuni “Navbahor”ga qarshi “Andijon”ni juda ham muhim bahs kutib turibdi. “Vodiy derbisi” doim shiddatli o'tishi barchaga malum. Tarkibda rotaciya bo'lishi aniq. Sababi biz ko'p futbolchilarimizga dam berdik, ular “Navbahor”ga qarshi o'yinda yangicha ishtiyoq bilan maydonga tushishlarini kutayapman. O'ylaymanki, “Vodiy derbisi”da “Navbahor” favorit sanaladi. “Andijon” esa muxlislari qarshisida bor kuch va imkoniyatini ishga soladi. Ikki jamoani ham oson bo'lmagan o'yin kutayapti.

Usmon Ibodov yozib oldi.

 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика