Aleksandr Xomyakov: "Bunday o'yinlarda bitta gol ko'p narsani hal qiladi"
30 noy 2025 18:53
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Bunday o'yinlarda bitta gol ko'p narsani hal qiladi"
"O'yinda ustunlik ko'proq raqib tomonida bo'ldi. Ko'rinib turdiki, hissiyot tomonlama yaxshi tayyorlanishgan. Jamoamiz yomon o'ynadi deyishim mumkin. Reja bo'yicha berilgan ko'rsatmalarni noto'g'ri bajarishdi, to'p bilan sekin harakat qilishdi. Bunday o'yinlarda bitta gol barcha narsani hal qiladi. Goldan so'ng oldinga o'tdik, raqib qarshi hujumga tayandi. Vaziyatlar yaratishga harakat qildik. Ikkinchi bo'limda esa natijaga harakat qilishdi. Kurashlarga boy o'yin ko'rdik. Raqibni g'alaba bilan tabriklash kerak. Ular pley-off zonasidan chiqib olishdi",- deydi Aleksandr Xomyakov.
- Bugun ko'plab yoshlarga imkon berdingiz. Bu keyingi o'yinlar uchun edimi yoki futbolchilarning kamligidanmi?
- Futbolchilar etishmovchiligi bor edi. Frane Chiryak o'zini yomon his qilayotganini aytdi. Jarohatlangan futbolchilar ko'p. Yoshlarga imkon berdik. Buning qo'rqinchilik tomoni yo'q.
- Jamoa bugun qo'l ostingizdagi eng yomon o'yinini o'tkazdimi?
- O'yinni faol boshladik. Gol o'yinimizni buzib yubordi. Zerikarli o'yin demagan bo'lardim. Raqib qanday himoyalanganini ko'rdingiz. Vaziyatlarimiz bo'lmadi emas. Kam hujum qilmadik. To'pni zarba poziciyachiga olib chiqishga harakat qildik.
- Jamoada motivaciya yo'qligi ko'rindi?
- Biz o'z maydonimizda o'ynadik. Muxlislarni xursand qilmoqchi edik. Turnir jadvali jihatdan ahamiyatga ega emasdi. Lekin futbolchilar borlarini berishlari talab etilardi. Faqat mahorat etishmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar