So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  3 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  7 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  11 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Aleksandr Xomyakov: "Bugun omad ham, VAR ham biz tomonda bo'lmadi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bugun omad ham, VAR ham biz tomonda bo'lmadi"

Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Mashal" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlarini bildirib o'tdi.






"Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman. Jamoam mag'lub bo'lganiga qaramasdan, o'z o'yinini ko'rsata oldi. Biz esa oldinga qarab harakat qilishda davom etishimiz kerak. Mag'lubiyat alamli albatta. So'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborish og'ir zarba bo'lishi tabiiy. O'tkazib yuborilgan gollarni hisobga olmaganda o'z jarima maydonchamiz atrofida yaxshi himoyalana oldik. To'p nazoratini qo'lga olishimiz kerakligini aytgandim. Lekin xatoga yo'l qo'ydik. Umuman olganda hammasi adolatli. Bugun omad ham, VAR ham biz tomonda bo'lmadi. Ko'p kuch sarfladik. Biroq samarasiz",- deydi Aleksandr Xomyakov. 

- Bugungi o'yindagi VARni qanday baholaysiz?

- Futbol tezlashmoqda. SHu bois inson ko'zi bilan ham ilg'ay olmay qolmoqda. SHuning uchun ham VAR kerak. Inson faktori degan narsa bor. Aytganimdek to'pni nazorat qilish bizga etishmadi. O'yinni to'liq o'z jarima maydonchamiz atrofida o'tkazdik. Ko'p vaziyatlar bo'lmadi. Qarshi hujumlardagi kam sonli imkoniyatlardan foydalana olmadik. 

- "Mashal" bu yil "Lokomotiv" stadionida ikki marta o'ynab, ikkalasida ham mag'lubiyatga uchradi. Ushbu maydonda jamoaga nima etishmayapti? 

- Bitta bahsni "Paxtakor"ga qarshi o'tkazdik va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldik. So'nggi daqiqalarda penaltini golga aylantirganimizda hammasi boshqacha bo'lishi mumkin edi. To'p darvoza to'siniga tegdi. Bizdan keyin "Nasaf" shu maydonda o'ynadi. Ular ham to'pni darvoza ustuniga nishonga oldi. Ko'ryapsizmi? Futbolda omad juda muhim axamiyat kasb etadi. Qarshi hujumda gol ur va hammasi boshqa tomonga o'zgarib ketadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика