So’nggi yangiliklar

21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  0 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  1 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  15 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  16 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  7 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  3 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2

Aleksandr Xomyakov: Bu o'yindan o'zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqaramiz Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: Bu o'yindan o'zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqaramiz

PRO-Liganing 1-turidan o'rin olgan Andijon - Mashal (2:0) o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

 - “Andijon” jamoasini qo'lga kiritgan g'alabasi bilan tabriklayman. Ular bugun o'zlariga ishongan holda o'ynashdi. Birinchi bo'limda futbolchilarimning ko'rsatgan o'yinini biz o'ylagandek emasdi. Baribir bu birinchi liga bo'lgani uchun ham yigitlarga tasir ko'rsatmasdan qolmaydi. “Mashal” birinchi ligaga tushirib yuborilganidan keyin ko'pchilik bizni Superligaga qaytish uchun birinchi raqamli davogar deb hisoblashyapti. Lekin ko'rib turibmizki, bu erda oson raqiblar yo'q. Bundan tashqari, maydonning holati ham bizga biroz xalaqit qildi. To'g'ri, maydon chimining sifati yomon emas. Biroq bunday holatda boshqacha futbol ko'rsatish mumkin bo'ladi. “Andijon” jamoasi o'zimiz yo'l qo'ygan xatolardan foydalanib qoldi. 

Masalan, birinchi golni standart vaziyatdan keyin kiritishdi. Afsuski, raqib o'yinchisini bo'sh qoldirishdi. Ikkinchi golda esa himoyachilarimiz raqibga qarshilik ko'rsata olmadilar. Lekin andijonliklarda golga tortadigan vaziyatlar ko'p bo'lgani yo'q. To'g'ri, mening jamoamda ham imkoniyatlar etarlicha bo'ldi deya olmayman. Bunday sharoitda to'pni faqat oldinga tepish orqali o'ynash mumkin. Albatta, bu o'yindan o'zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqaramiz.  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика