So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Aleksandr Xomyakov: "Birinchi goldan keyin Ashurmatov bilan gaplashishga harakat qildik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Birinchi goldan keyin Ashurmatov bilan gaplashishga harakat qildik"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912" (0:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.



"Qo'qon-1912" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Afsuski raqib urgan birinchi goldan keyin rejalarimizni o'zgartirib yubordi. Hattoki men zaxira o'rindig'idan gol bo'lmaganini ko'rgandim. Hisobda ortda borayotganimizda o'ylamay hujumga o'taverdik. "Qo'qon-1912" ko'pchilik bo'lib himoyalandi.

Hujumchilarimiz yaratilgan vaziyatlarda gol urishlari kerak. Uilyams o'tgan tur zaxiradan maydonga tushgandi, bugun asosiy tarkibda tushirdik. Umuman olganda yigitlarga etirozim yo'q. Havodagi kurashlarni raqib yutaverdi. Biz esa qaytarilgan to'plarni egallashga urinishimiz kerak edi.



Hozir nima istasak gapirishimiz mumkin, birinchi gol bizni sindirdi va boshqa narsa. Ammo bularning barchasi bahona bo'ladi. 3 ochkoni boy berdik, oldinga intilishda davom etamiz.

Raqib qarshi hujum taktikasini tanladi, shu bois uzoqdan zarba berishdan mano yo'q edi. Yaratgan vaziyatlarda omadimiz kelmadi.

Birinchi goldan keyin Ashurmatov bilan gaplashishga harakat qildik. Hozir uni o'rniga o'zimni qo'yishim qiyin. Uni ayblamayman. Aslida gol bo'lganidan keyin o'yinni tez boshlash emas, vaziyatga oydinlik kiritish kerak edi deb o'ylayman. Balki tepadan kimdir bosh hakamga aytishi kerakmidi. Ashurmatovni aybdor deb hisoblamayman, u ham murabbiy. Unga ochkolar zarur. Afsuski hozir bir vaqtlardagi feyr pleylar yo'q bo'lib ketgan", - deydi Xomyakov.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика