So’nggi yangiliklar

23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди. Футболчи   0 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 23:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  22 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0

Aleksandr Xomyakov: “Birinchi davradan keyin Zafar To'raevning jamoada qolish yoki qolmasligini ko'rib chiqamiz” Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: “Birinchi davradan keyin Zafar To'raevning jamoada qolish yoki qolmasligini ko'rib chiqamiz”

“Qizilqum” – “Mashal” (2:0) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab muborakliklar ustozi Aleksandr XOMYAKOV o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-Uchrashuvning dastlabki 30 daqiqasini yaxshi o'tkazdik, xolos. Raqib bizdan hayiqdimi yoki boshqa sababmi gol urish uchun bir necha vaziyatlarni yarata oldik. Ammo ulardan foydalana olmadik.  Mezbonlar esa tanaffus oldi gol urib imkoniyatlarini yaxshilab olishdi. Tarkibda mahoratli futbolchilar jamlangani ularga qo'l keldi. Biz esa irodasiz o'yin ko'rsatdik. Umuman olganda mag'lubiyatga asosiy aybdor o'zimman: sababi tarkib tanlashda adashdim. Buning uchun jamoamiz muxlislaridan uzr so'rayman.

-Ikkinchi bo'lim boshida jamoa sardori Zafar To'raevni alishtirdingiz. Bu uni birinchi taym oxirida olgan jarohati bilan bog'liqmi yoki boshqa sababi bormi?

-Agar futbolchi hamma maydonga chiqib, og'ir va mashaqqatli mehnatdan qochadigan bo'lsa, biz ularning o'rniga ko'zi yonib turgan yoshlarni maydonga tushiramiz.  Birinchi davradan keyin uning jamoada qolish yoki qolmasligini ko'rib chiqamiz.

Bugun hujumdagi futbolchilarimizning harakatlaridan hayratdaman. Ular o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlay olishmadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика